Oliy sudda 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus şahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga oid jinoyat işi böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi sudining 2023 yil 17 martdagi hukmi ustidan 28 nafar sudlanuvçi va ularning himoyaçilari tomonidan berilgan apellyatsiya şikoyatlariga asosan jinoyat işining uşbu şaxslarga oid qismi apellyatsiya tartibida körib çiqildi.
Oliy sud ajrimiga muvofiq Qoraqalpoğiston Respublikasi sudining hukmi quyidagiça özgartirildi:
I. Polatov, P. Yesengeldiyev, I. Aitmuratov, I. Saparov, R. Jumabayev va ularning himoyaçilari tomonidan berilgan şikoyatlar töliq qanoatlantirildi.
Bunga köra: I. Polatovga tayinlangan 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 5 yil ozodlikni çeklaş jazosiga;
P. Yesengeldiyev va I. Aitmuratovga tayinlangan 6 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 5 yil ozodlikni çeklaş jazosiga;
I. Saparov va R. Jumabayevga tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 5 yil ozodlikni çeklaş jazosiga özgartirildi.
Ularning ehtiyot çorasi tariqasida qamoqda saqlangan har bir kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan ozodlikni çeklaş jazosining bir kuniga tenglaştirilib, tayinlangan jazodan çegirilib, barçasi sud zalida qamoqdan ozod qilindi.
D. Nadirbayev, A. Yesemuratov, Z. Pirjanov, R. Dosimbetov, Q. Baxiyev, N. Bauyetdinov, R. Baimbetov, Z. Tadjimuratov, K. Yeşjanov, A. Allanazarov, N. Baylepesov, A. Jumabekov, A. Omirzakov, A. Sariyev, K. Bekpolatov, N. Duysenbayev va ularning himoyaçilarining şikoyatlari qisman qanoatlantirildi.
Bunga köra: D. Nadirbayev va A. Yesemuratovga tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 5 yil;
Z. Pirjanov, Q. Baxiyev va R. Baimbetovga tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 6 yil;
R. Dosimbetov va A. Allanazarovga tayinlangan 8 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 6 yil;
N. Bauyetdinovga tayinlangan 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 5 yil 6 oy;
Z. Tadjimuratov va A. Omirzakovga tayinlangan 8 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 7 yil;









