Qoraqalpoğiston Respublikasida 2022 yil iyun oyidagi ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etişda noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tizimida işlagan xodimlar jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.

Jinoyat işlari böyiça Kogon şahar sudining 2023 yil 4 avgustdagi hukmi bilan 1996 yilda tuğilgan T. A. va 1985 yilda tuğilgan X. S. Jinoyat kodeksining 235-moddasi (qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 2 yil muddatga içki işlar organlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Şuningdek, 1979 yilda tuğilgan J. M. Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldiriş) 2-qismi va 238-moddasi (yolğon guvohlik beriş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga 1 yil muddatga içki işlar organlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Qayd qilinişiça, birinçi instansiya sudining uşbu hukmidan norozi tomonlar qonunçilikda belgilangan tartibda Buxoro viloyat sudiga apellyatsiya tartibida şikoyat beriş va protest keltirişga haqli.