Hukumat qarori bilan Tezkor-qidiruv tadbirlarini ötkazişda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari, prekursorlar, kuçli ta’sir qiluvçi moddalar hamda valuta namunalarini ekspress tekşiriş jarayonida texnik vositalardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
2023 yil 1 iyuldan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiruvçi organlar:
- giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan boğliq holatni qayd etişda aniqlangan modda (buyum)ning giyohvand vositasiga taalluqli ekanligiga şubha paydo bölganda;
- aniqlangan modda (buyum)ni giyohvandlik vositalarining qaysi turiga mansubligi böyiça savol tuğilganda;
- giyohvandlik vositalarining yangi turlari aniqlanganda;
- tezkor-qidiruv tadbirlarini ötkazişda aniqlangan valuta namunasi qalbaki ekanligiga şubha paydo bölganida;
- tezkor-qidiruv tadbirlari davomiyligini ta’minlaş zarurati yuzaga kelganda, tezkorlikni amalga oşiriş hamda tegişli vaqtni tejaş maqsadida mazkur modda (buyum) yoki valuta namunalarini ular aniqlangan joyning özida yoki huquqni muhofaza qiluvçi organlar binosida ekspress tekşiriş texnik vositalari yordamida tekşiradi.
Ekspress tekşiriş texnik vositasidan foydalanilgan har bir yuqoridagi holatning foto va videotasvirlari hisobotining yuritilişini ta’minlaş maqsadida ular alohida yiğmajild körinişida 2 yil davomida saqlanadi.











