Toşkent şahrida kuzatilayotgan sovuq ob-havo şaroiti tufayli 12-16 yanvar kunlari aholiga töyxonalarda bepul oş tarqatiş yölga qöyiladi. Bu haqda şahar hokimligi ma’lum qildi. 

«Ayni kunlarda poytaxtimizda kuzatilayotgan sovuq ob-havo şaroiti tufayli 12-16 yanvar kunlari Toşkent şahar hokimligi tomonidan aholiga töyxonalarda bepul oş tarqatiş yölga qöyilmoqda. Uşbu manzillarga yegulikka muhtoj aholi qatlami, kam ta’minlangan oilalar, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş sohasi, Obodonlaştiriş boşqarmasi hamda Yöl harakati xavfsizligi xodimlari borişi mumkin», deyiladi xabarda. 

Hokimlik tomonidan oş tarqatiladigan töyxonalarning röyxati va soati keltirilgan. Dastlabki tadbir Yakkasaroy tumanidagi «Tabassum» töyxonasida ötkazilgan.