Bugun Özbekiston hududi Qozoğiston şarqiy hududlari ustida joylaşgan keng va juda sovuq antitsiklon janubi-ğarbiy çekkasida (periferiya) joylaşgan.
"Özgidromet" xabariga köra, Özbekiston böyiça yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Toşkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farğona vodiysi viloyatlarida qatlamsimon bulutlardan ba’zi joylarda biroz qor yoğişi mumkin. Havo harorati kunning ikkinçi yarimda 7-12 daraja sovuq bölişi kutilmoqda.
Dam oliş kunlari respublika barça hududlari böyiça quruq ob-havo saqlanib turadi. Şanba kuni havo harorati keçasi 12-17 daraja sovuqni, ba’zi joylarda 20 daraja sovuqqaçani, kunduzi 5-10 daraja sovuqni, ba’zi joylarda 12 daraja sovuqqaçani taşkil etadi.
Yakşanba kuni respublika şimoli-ğarbiy hududlariga Kaspiy dengizidan nisbatan iliq havo kirib kelişi boşlanadi, u antitsiklon sovuq periferiyasini ortga sura boşlaydi.
Yakşanba kuni havo biroz iliqlaşadi, keçasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq böladi.
Respublika böyiça ba’zi joylarga tuman tuşişi kuzatiladi. Yöllarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. 13-16 yanvar kunlari qor köçişi xavfi ortişi sababli toğli hududlarga boriş tavsiya etilmaydi.












