“3 yildan beri körişmagan döstimni kutib oliş uçun Özbekistonga kelgandim. Juda sovuq ekan. Muzlab qoldim. Içkariga ruxsat berişsa, yaxşi bölardi. Bizda kutib oluvçilar mehmonlarini aeroport içkarisida kutib olişadi. Eng muhimi, issiqqina”, – deydi Qozoğistonning Çimkent şahridan kelgan mehmon.

Yana bir ona esa Moskvadan kelayotgan öğlini kutayotgani, hamma yaqinlarini şunday sovuq şaroitda, muz ustida kutişga majbur bölayotgani haqida gapirib, mas’ullardan şaroit qilib berişlarini söraydi.

Toşkent xalqaro aeroportining 2-terminali u qadar eski emas. 2018 yil foydalanişga topşirilgan. 5 yil oldin şu aeroport binosi qurilayotganda kutib oluvçilar uçun alohidami, terminal içidami maxsus yopiq bino taşkil qiliş haqida heç kim öylab körmaganmi?

Siyosatçi Kamoliddin Rabbimov Toşkent xalqaro aeroporti haqida öz fikrlarini bildirar ekan, bu Özbekistonning reputatsiyasi bilan boğliq masala ekanini ta’kidlab ötgan.

Siyosatçi aeroportdan çiqayotganda ham qöl yuklarini skanerdan ötkaziş, taşqarida mehmonini 3 soatlab kutib, sovuqda qaltirayotganlar, kuralmagan qorlar holati haqida fikr bildirib, bu holatlar aeroport ma’muriyatini qiziqtirmasligini tanqid ostiga olgan.
“Butun dunyoda odamlar aeroportlarning içida, çiroyli kutiş zallarida ötirib, yaqinlarini kuzatişadi va kutib olişadi. Lekin faqat Özbekistonda emas. Insonlarni qadrsizlaş – aeroportda boşlanadi va aeroportda tugaydi. Har qanday davlat töğrisidagi birinçi taassurot – aeroportdan boşlanadi”, – deb yozadi u.
2022 yilning noyabr oyida tuzilgan Hawaiian Islands axborot portali reytingiga köra, Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroporti Örta Şarq va Markaziy Osiyodagi eng stressli aeroportlar röyxatiga kiritilgan edi. 46,02 foiz körsatkiç bilan baholangan aeroportimiz 20 talik röyxatning 7-örinida qayd etilgan.

“Aeroportda bir kişini kutişga çiqqandim. Bilasiz, barvaqt borib olinadi va rosa kutiladi. Istanbuldan oldinroq Moskva qönişi kerak edi. Köpçilik yaqinlarini kutyapti. Suratdagi ayolga e’tibor berdim. Bir soatdan ortiq vaqt ötdi hamki na örnidan qözğaldi, na aeroportning çiqiş eşigiga qadalgan közini boşqa yoqqa qaratdi. Nisbatan yengil kiyingan bölsa-da, sovuqni ham, tik turişning noqulayligini ham sezmadi. Örindiqda joy bölsa ham ötirmadi. Közlari yiltirab, lablarini tişlab, nigohini uzmay turaverdi! Farzandini kutgan onaning keçinmalarini kim ta’riflay olibdiki, men eplasam?... Qaysidir öğlonning şunday onasi bor! Özbekning şunday onasi bor!!!” – deb yozgan edi jurnalist Abror Zohidov öz Facebook sahifasida.

Bizning aeroportlar bilan esa bunday hikoyalar yanada ta’sirli tus oladi.
Sardorbek Usmoniy, jurnalist
Tasvirçi va montaj ustasi: Muhiddin Qurbonov










