
Andijon viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmaçi xizmati” IKning buyurtmasiga asosan, Asaka tumani “Ne’matobod” MFY hududida 360 örinli yangi maktab qurilmoqda.
Quriliş deyarli yakuniga yetgan. Biroq fuqarolar tomonidan Kun.uz'ga qurilişda kamçiliklarga yöl qöyilgani böyiça murojaat kelib tuşdi. 2022 yil 7 dekabrda foydalanişga topşirilişi belgilangan bino hamon öquvçilarni qabul qilişga tayyor emas.


“Maktabning tom qismlarida temir-betonlar örniga yoğoçlardan foydalanişdi. Maktab içida devorlar yorilmoqda. Namlik hisobi olinmagani va sifatli quriliş mollaridan foydalanilmagani evaziga devorlarni şör bosmoqda. Eşiklari esa töliq yopilmaydi. Biz quruvçilarga e’tirozlarimizni aytdik. Biroq inobatga olişmadi. Farzandlarimiz bu maktabda öqişni boşlamasdan şunday holat bölsa, bu bino uzoqqa doş bermaydi”, – deydi mahalla faoli Doniyor Homidov.


Quriliş işlarini “Odil-Xamza” XK olib bormoqda. Korxona boş muhandisi savollarimizga javob beriş asnosida maktab qurilişini tez orada yakunlaşini ta’kidladi.
“Ikkita binoni bir-biriga ulaganimiz uçun devorda yoriq hosil bölgan. Yangi binoda albatta çökiş, namlik çiqişi, issiqda özgarişi mumkin. Bu tabiiy hol. Muammolarni bartaraf etyapmiz. Qurilişni dastlab yordamçi pudratçi sifatida “Obod Dior Toshkent” MÇJga bergandik. Ammo ularning işlari bizga yoqmagani bois özimiz davom ettiryapmiz. Muddatidan ötib ketişiga ham şu sabab. Eşiklarining orasi oçiqligi ham barçasi binoni topşirgunimizça töğrilanadi”, – dedi muxbir bilan telefon orqali suhbatda korxona boş muhandisi Obidjon Ismoilov.


Maktab binosi quriş uçun sarflanayotgan 4,5 milliard sömga yaqin mablağ töğri sarflangani, qurilişlarda kamçiliklarga yöl qöyilgan-qöyilmagani yuzasidan tegişli taşkilotlar örganiş olib borişi maqsadga muvofiq.







