Birlaşgan millatlar taşkiloti boş kotibi Antoniu Guterriş 14 yanvar kuni Dniprodagi turar joy binosiga uyuştirilgan raketa hujumini qoralab, kamida 40 kişi halok bölganini va bu harbiy jinoyat bölişi mumkinligini aytdi. Boş kotibning sözlarini 16 yanvar, duşanba kuni jurnalistlarga Guterriş matbuot kotibi örinbosari Stefani Tremble keltirdi.

«Şanba kuni keçqurun Dniproda turar joy binosiga zarba berildi, bu ötgan yilning fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan beri sodir bölgan eng qonli hujumlardan biri, - dedi Tremble. - Boş kotib hujumni qoralab, bu hujum uruş qonunlarini buziş holatlariga yana bir misol ekanini aytdi».

Birlaşgan millatlar taşkilotining Ukrainadagi gumanitar masalalar böyiça koordinatori Deniz Braun «da’vo qilingan harbiy jinoyatlarni samarali tergov qilişga va gumonlanuvçilarni tegişli tartibda javobgarlikka tortişga çaqirdi», deya qöşimça qildi Tremble.

Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel 15 yanvar kuni Twitter'da «Rossiyaning ğayriinsoniy tajovuzi bevosita tinç aholiga, jumladan, bolalarga qarşi qaratilganini» ta’kidladi. «Bu jinoyatlar jazosiz qolmaydi. Yevropa Ittifoqi Ukrainani qança vaqt kerak bölsa, şunça qöllab-quvvatlaşda davom etadi», - deya qöşimça qildi u.

Bryusselda voqea harbiy jinoyat deb ataldi. Rossiya Ukrainadagi odamlarning omon qolişi uçun zarur bölgan muhim infratuzilmaga hujum qilişga qaror qilganidan söng, mojaroni yanada kuçaytirdi, dedi DW'ning savoliga javoban Yevrokomissiya matbuot kotibi Peter Stano. «Rossiya özining ğayriinsoniy qiyofasini körsatişda davom etmoqda va şafqatsiz raketa terrorini qöllamoqda. Bunday harakatlar uruş jinoyatlarini taşkil etadi va zudlik bilan töxtatilişi kerak. Yevropa Ittifoqining boş diplomati Jozep Borrel aytganidek, bu jazosiz qolmaydi», — dedi Yevropa Ittifoqi vakili.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati 16 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 21.00 dagi holatga köra quyidagi ma’lumotlarni keltirdi: 40 kişi halok bölgan (şu jumladan, uç bola), 77 kişi jarohatlangan (şu jumladan, 14 nafar bola). Jami 39 kişi qutqarildi (şundan 6 nafari bolalar), bedarak yöqolganlar haqida 47 ta xabar kelib tuşdi (şundan 18 nafari ölik holda topildi, tört nafari qarindoşlarinikida va şifoxonalarda tirik holda topildi, yana 25 nafari qidirilmoqda). 174 nafar jabrlanganlarga psixologlar yordam körsatdi. Qidiruv-qutqaruv işlari, xavfli konstruksiyalarni demontaj qiliş davom etmoqda.

Ukraina xavfsizlik xizmati ("SBU") Dniproga raketa hujumida iştirok etgan rossiyalik harbiylarning şaxsini aniqlaganini ma’lum qildi. Tergovning dastlabki ma’lumotlariga köra, unda bir neça önlab rossiyaliklar, jumladan 52-oğir bombardimonçi aviatsiya polki (33310-harbiy qism) komandiri, polkovnik Oleg Timoşin, uşbu polkning aviatsiya otryadi komandiri, mayor Aleksey Ivanenko, aviatsiya guruhi aviatsiya eskadrilyasi ştab boşliği Dmitriy Golenkov, 52-polkning şturmanlari Denis Grigorev va Dinar Nazirov, şuningdek, aviatsiya qurollari muhandisi Yevgeniy Potseluyev qatnaşgan.

"SBU" uruş qonunlari va odatlarini buzganlik böyiça jinoiy iş qözğatdi.

Ukraina Harbiy-havo kuçlari Ukraina Qurolli kuçlarida uzoq masofaga uçuvçi X-22 tovuşdan tez harakatlanadigan, havodan uçiriladigan kemalarga qarşi qanotli raketalarini urib tuşirişga qodir qurollari yöqligini bildirdi. Ularga köra, aynan uşbu quroldan Kursk viloyatidan Dniproga qarata zarba berilgan.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlaşiça, Rossiya qurolli kuçlari turar joy binolariga zarba bermayapti. «Uşbu fojia aksilraketa va havo hujumidan mudofaa harakatlari natijasi böldi», deb ma’lum qildi u.