Özbekiston prezidentining davlat taşrifi arafasida bugun Singapurda ikki davlat tadbirkorlari örtasidagi işbilarmonlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlaşga qaratilgan Özbekiston-Singapur biznes-forumi bölib ötdi.

Keyingi yillarda Singapurning Özbekistonga kiritgan investitsiyalarining hajmi 700 million dollardan oşdi, Singapur kapitali iştirokidagi korxonalar soni 4, ikki davlat örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi esa 2 barobar oşdi. 

Singapur tomoni Özbekiston bilan keng kölamli sohalarda şeriklikni mustahkamlaş va kengaytirişda davom etiş niyati qat’iy ekanini tasdiqladi. Kimyo, töqimaçilik, farmatsevtika, qişloq xöjaligi sanoati, ta’lim, soğliqni saqlaş, logistika, şuningdek, AT-sektori özaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş ustuvor sohalari sifatida belgilandi.

Forum dasturi Singapurning yirik biznes vakillari iştirokidagi yalpi majlis bilan davom etdi. Unda Indorama Group direktori Prakaş Kejrival, Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti prezidenti Erik Kuan va PSA International boş direktori Van Çi Fo ikki mamlakat işbilarmon doiralari vakillari bilan Özbekistonda samarali biznes yuritişning amaliy jihatlari, transport va logistika sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Tadbir dasturi doirasida B2B muzokaralari hamda mamlakatimiz investitsiya salohiyati töğrisida va Özbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlari kesimidagi aniq loyihalar taqdimotlari ötkazildi.

Biznes-forum yakunlari böyiça savdo, investitsiyalar va moliya yönalişlarida, kimyo, energetika va töqimaçilik sanoati, sanoat zonalarini rivojlantiriş, infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş va oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş, quriliş, ta’lim, soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohalarida 22 ta şartnoma va bitimlar imzolandi.