Bitimda hojilar kvotasi, keliş-ketiş joylari va vositalari belgilangan; ziyoratçilarning xavfsizligini kuçaytiriş, Saudiya Arabistoniga kelişga tayyorgarlikdan boşlab, ketişlarigaça bölgan vaqt mobaynidagi işlarni osonlik bilan amalga oşiriş borasidagi taşkiliy masalalar böyiça körsatmalar ham kiritilgan.

Bu haqda Kun.uz'ga ma’lum qilgan podşohlik elçixonasining qöşimça qilişiça, “Espo al-Haj 2023” haj va umra xizmatlari böyiça eng yirik anjuman bölib, unda 57 dan ziyod mamlakat vakillari, 70 dan ortiq ma’ruzaçi va mutaxassis töplangan. Tadbirda Haj va umraga ixtisoslaşgan 200 ta kompaniya qatnaşmoqda. 60 mingdan ziyod kişi körgazma faoliyati bilan tanişgan.

“Anjuman fikr-mulohazalar, innovatsiya va tajriba almaşiş maydoniga aylandi. U turli davlatlarga bitimlar imzolaş, haj va umra mavsumlaridan ança oldin öz fuqarolari işlarini tartibga soliş imkonini ham berdi. Bular öz navbatida Rahmon mehmonlari osonlik bilan öz amallarini bajarişlariga şaroit yaratdi.

Konferensiya işi 4 kun davom etib, 40 işçi guruhlarida olib borildi. 9 ta yalpi yiğiliş bölib ötdi. Unda podşohlikning “2030 yilga nigoh” strategiyasi maqsadlarini amalga oşiriş doirasida Rahmon mehmonlariga taqdim etiladigan xizmatlarni yaxşilaş, raqamlaştirişni joriy etiş, körsatilayotgan xizmatlarni yanada yaxşilaşlaşning kompleks tizimini yaratiş masalalari muhokama qilindi.

Yuqoridagilarning barçasi Saudiya Arabistoni podşohligining Rahmon mehmonlariga körsatilayotgan xizmatlarni yanada takomillaştiriş, logistika, xavfsizlik va texnologiya hamda madaniyat va ma’rifatning barça sohalaridagi tajribalarni boyitiş borasidagi sa’y-harakatlari doirasida amalga oşirilmoqda”, – deyiladi rasmiy relizda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Haj va Umra ziyoratlariga koronavirus pandemiyasi tufayli kiritilgan çeklovlarning hammasi bekor qilinib, umra vizalari muddati 30 kundan 90 kunga uzaytirilişi ma’lum bölgandi.