Rossiya Ukrainadagi odamlarning omon qolişi uçun zarur bölgan muhim infratuzilmaga hujum qilişga qaror qilganidan söng, mojaroni yanada kuçaytirdi. Bu haqda 16 yanvar, duşanba kuni Yevropa komissiyasi matbuot kotibi Peter Stano ma’lum qildi. «Endi gap tinç aholining uylariga köpayib borayotgan hujumlar haqida ketmoqda», dedi Stano DW muxbirining 14 yanvar kuni Dniproga 40 nafar tinç aholining hayotiga zomin bölgan raketa hujumi haqidagi savoliga javoban.
«Rossiya özining ğayriinsoniy qiyofasini körsatişda davom etmoqda va şafqatsiz raketa terrorini qöllamoqda. Bunday harakatlar uruş jinoyatlarini taşkil etadi va zudlik bilan töxtatilişi kerak. Yevropa Ittifoqi boş diplomati Jozep Borrel aytganidek, ular jazosiz qolmaydi», - deya ta’kidladi Yevrokomissiya vakili.
U Yevropa Ittifoqi pozitsiyasi har doim mojarolarning har qanday kuçayişiga javob berişdan iborat bölganini tuşuntirdi va Bryusselning Kreml tomonidan vaziyat keskinlaştirilişining yangi belgilariga munosabati haqidagi muhokamalar hozirda davom etayotganini aytdi. Xususan, bu mavzu 22 yanvar kuni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari taşqi işlar vazirlari kengaşida muhokama qilinadi.













