Lukaşenko rejimining siyosiy repressiyalari «misli körilmagan darajaga» yetdi, deb ma’lum qildi 17 yanvar, seşanba kuni Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel. Belarusda Svetlana Tixanovskaya, Pavel Latuşko va Belarus muxolifati Muvofiqlaştiruvçi kengaşining boşqa a’zolari ustidan boşlangan sirtdan sud jarayoniga Yevropa diplomatiyasi rahbari şunday munosabat bildirdi.

Borrel bugun Belarusda 1440 dan ortiq siyosiy mahbus borligini eslatdi. Uning sözlariga köra, rejim repressiv qonunlarni qöllaş orqali belaruslarning huquq va erkinliklarini, şuningdek, Belarusning xalqaro majburiyatlarini buzmoqda. «Yevropa Ittifoqi har qanday mustaqil ovozni öçirişga qaratilgan bu şafqatsiz qatağonlarni va siyosiy sabablarga köra ötkazilgan sudlarni qoralaydi», deb ta’kidladi Jozep Borrel.

17 yanvar kuni Minskda 2020 yil avgustida bölib ötgan munozarali prezidentlik saylovlaridan söng özini mamlakat prezidenti deb e’lon qilgan Belarus muxolifati yetakçilaridan biri Svetlana Tixanovskaya ustidan sirtdan sud boşlandi. Tixanovskaya bilan birga muxolifatçilar Pavel Latuşko, Mariya Moroz, Olga Kovalkova va Sergey Dilevskiy ayblanuvçi sifatida sudga çaqirildi. Ular davlat hokimiyatini konstitutsiyaga zid yöl bilan egallaş maqsadida fitna uyuştirganlikda ayblanmoqda.

Svetlana Tixanovskaya özining sirtdan sudlanişini Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko tomonidan öç oliş va fars deb atadi. «Bu Lukaşenko va uning tarafdorlarining şaxsiy qasosi, lekin faqat mendan emas, balki unga qarşi çiqqan boşqa odamlardan ham», — dedi siyosatçi.