Özbekiston Madaniyat va turizm vazirligida Bolgariya turizm vaziri Ilin Dimitrov bilan uçraşuv bölib ötdi.

Tomonlar Özbekiston hamda Bolgariya örtasida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, özaro sayyohlar oqimini oşiriş, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’yektlari örtasida aloqalar örnatişga kömaklaşiş va ikki davlat örtasida töğridan töğri aviaqatnovlarni yölga qöyiş masalalarini muhokama qildi.

Uçraşuv yakunlari böyiça Özbekiston hamda Bolgariyada turizm sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etgan holda Toşkent şahrida joriy yil aprel oyida B&G, B2B formatida uçraşuvlar taşkil etiş, Özbekiston turizm salohiyatini keng tarğib qilişga qaratilgan ma’lumotlarni Bolgariya ommaviy axborot vositalarida yoritilişini yölga qöyiş böyiça dastlabki kelişuvlarga erişildi.