Aholi va ijtimoiy soha obektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlaş maqsadida qöşni Tojikistondan Surxondaryoga qöşimça elektr energiyasi yetkazib beriş yölga qöyildi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ viloyat filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2023 yil 18 yanvar kuni Şörçi, Oltinsoy, Qumqörğon, Jarqörğon tumanlari 70 foiz, Bandixon, Qiziriq, Şerobod tumanlari 90 foiz va Boysun Sariosiyo, Uzun, Denov tumanlari töliq Tojikistonning «Regar-500» podstansiyasidan çiquvçi 220kVli L-Regar-Zarçop va L-Regar-Şerobod elektr uzatiş tarmoqlari orqali kuçlaniş bilan ta’minlangan.
Viloyatning Termiz, Jarqörğon tumanlarining 30 foiz, Muzrabot, Angor, Şerobod tumanlarining 10 foiz hamda Termiz şahridagi barça iste’molçilari 196 MVt yuklama bilan Özbekiston orqali kuçlaniş bilan ta’minlanmoqda.
«Tojikistonning «Regar-500» podstansiyasidan çiquvçi 220kVli L-Regar-Zarçop va L-Regar-Şerobod elektr uzatiş tarmoqlarining har biridagi simning yuklamani kötariş qobiliyati 250 MVtga möljallangan.
Ularining birortasi favqulodda öçib qoliş holatlari yuz bergan vaqtlarda energosistemani saqlab qoliş maqsadida Şörçi, Oltinsoy, Qumqörğon, Jarqörğon, Bandixon, Qiziriq, Şerobod, Boysun, Sariosiyo, Uzun, Denov tumanlari böyiça Janubiy mintaqaviy dispetçerlik boşqarmasi dispetçerlarining topşiriği va Surxondaryo hududiy dispetçerlik bölimi dispetçerining farmoyişi bilan tumanlarning özidan tasdiqlangan çeklaş grafigiga asosan 6-10 kVli fiderlardan soatiga 70-80 MVt dan çeklaş olib boriş taqozo etiladi», deyiladi xabarda.












