Agar Germaniya hukumati Leopard 2 jangovar tanklarini Ukrainaga bermasa, Polşa Kiyevni öz arsenallaridan «zamonaviy jihozlar» va «zamonaviy tanklar» bilan ta’minlaydigan davlatlardan iborat «kiçik koalitsiya»ni tuzadi, dedi 22 yanvar, yakşanba kuni PAP agentligiga bergan intervyusida Polşa boş vaziri Mateuş Moravetskiy. U Germaniya kansleri Olaf Şolsning Ukrainaga Leopard tanklarini yetkazib beriş borasidagi pozitsiyasini keskin tanqid qildi. «Germaniyaning bu boradagi pozitsiyasi qabul qilinişi mumkin emas», - dedi Moravetskiy.
«Rossiyaning tajovuzkor uruşi tufayli har kuni begunoh odamlar halok bölmoqda. Rossiya bombalari Ukraina şaharlarini vayron qilmoqda. Fuqarolik nişonlari zarbaga olinmoqda, ayollar va bolalar halok bölmoqda», - dedi Polşa boş vaziri.
Ramştayndagi Ukraina böyiça aloqa guruhining yaqinda bölib ötgan yiğilişidan oldin ham Polşa Leopard tanklarini Ukrainaga öz zaxiralaridan ötkazişga tayyorligini bildirdi, ammo buning uçun birinçi navbatda Germaniyaning uşbu harbiy texnikani işlab çiqaruvçi mamlakat sifatida roziligi kerak. Germaniya hozirça rozi bölgan yagona narsa - ularning qançasini Ukrainaga topşiriş mumkinligini köriş uçun Leopard tanklarini inventarizatsiya qiliş.












