Poytaxt IIBB xabariga köra, hisobot davrida YTH oqibatida halok bölganlar soni 136 nafarni taşkil etgan, 1463 nafari tan jarohati olgan.
Yöl-transport hodisalarining 32,5 foizini piyodalar iştirokidagi baxtsiz hodisalar taşkil etadi. Bolalar iştirokida 169 ta YTH sodir bölgan, buning oqibatida 56 nafar voyaga yetmaganlar tan jarohati olgan, 17 nafari vafot etgan.
Ötgan bir yil davomida haydovçilar tomonidan eng köp qayd etilgan qoidabuzarlik tezlikni oşiriş bölgan - 370 ta holat.
143 nafar haydovçi svetoforning taqiqlovçi işorasiga ötgan. 8 ta baxtsiz hodisa avtomobil rulida ötirgan şaxslarning mast holatda bölgani sababli sodir bölgan. 73 ta YTH jiddiy oqibatlarga olib keldi.
Yanvar oyi örtalaridan Toşkent şahrida Kiçik halqa yöli doirasida ruxsat etilgan harakat tezligi 70 km/soatdan 60 km/soatgaça pasaytirildi. Urganç va Namanganda ham xuddi şunday çeklov butun şaharga, boşqa viloyatlarda köça va yöllarning ayrim qismlariga ham tegişli etib belgilandi.












