Endilikda DXM va içki işlar organlariga boriş, rasmga tuşiş, bir neçta hujjatga imzo qöyiş şart emas. Yangilangan guvohnomani poçta xizmati buyurtmaçining uyiga yetkazib beradi.

Guvohnomani yangisiga onlayn almaştiriş uçun my.gov.uz orqali buyurtma beriladi. Buyurtmada:

  • böş qatorlar özingizga tegişli şaxsiy ma’lumotlar bilan töldiriladi;
  • tegişli bandlar tanlanadi;
  • yangi haydovçilik guvohnomasi yetkazib beriladigan manzil körsatiladi;
  • mobil telefon yoki kompyuter orqali şaxsiy imzo qöyiladi;

Sönggi qadamda invoys şakllanadi va BHMning 70 foizi (210 000 söm) miqdorida hamda poçta xizmati uçun 25 000 söm tölov amalga oşiriladi.

Markaz xodimi, kelib tuşgan buyurtmani körib çiqib, çop etgan yangi namunadagi haydovçilik guvohnomasini poçta xizmatiga taqdim etadi. Poçta xizmati tomonidan ikki iş kunida manzil böyiça borib, buyurtmaçidan eski namunadagi haydovçilik guvohnomasi va talonni olib, yangisini taqdim etadi.

Poçta xizmati esa eski namunadagi haydovçilik guvohnomasini va talonini DXMga topşiradi.

Eski namunadagi barça haydovçilik guvohnomasi va avtomototransport röyxatdan ötkazilgani töğrisidagi guvohnomani majburiy almaştiriş muddati quyidagiça:

- 2010 yilgaça bölgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgaça;

- 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungaça;

- 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentabrgaça;

- 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgaça.

Uşbu muddatgaça almaştirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.