Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumanida xotinini raşk qilgan erkak unga motorli arra (benzopila) bilan jarohat yetkazib, ayolning ölimiga sabab bölgan.
Boş prokuratura matbuot kotibining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, hodisa 2023 yil 25 yanvar kuni soat 11:30 larda Qarşi tumanida sodir bölgan.
Qarşi tumani, Taraqqiyot mahallasida yaşovçi 40 yoşli şaxs yaşaş uyida turmuş örtoği 36 yoşli ayol bilan raşk sababli özaro janjallaşgan.
Janjal davomida erkak motorli arra bilan ayolning orqa yelka va böyin aralaş sohasiga bir neça marta urib, oğir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda ayol şifoxonada vafot etgan.
Qayd etilişiça, 2023 yil 25 yanvar kuni Qarşi tuman prokuraturasi tomonidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. U Jinoyat-protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida uşlangan.












