31 yanvar kuni kuni Buxoro viloyati sudida ötgan yil yozida Qoraqalpoğistonda sodir bölgan tartibsizliklarda qatnaşgan 22 kişiga nisbatan hukm e’lon qilişni boşladi.

Raislik qiluvçi sudya Ye. Abibullayev ayblanuvçilar Lolagul Qallixanova, Azamat Turdanov, Ahmad Ismatullayev va Azamat Nuratdinov sud zalidan ozodlikka çiqarilişini e’lon qildi. Kun.uz muxbirining xabar berişiça, A.Turdanov, A.Ismatullayev va A.Nuratdinovga 4 yilu 5 oy ozodlikni çeklaş jazosi, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilingan L.Qallixanovaga esa sinov muddati bilan 3 yillik şartli jazo tayinlangan.

Jurnalist Qallixanova uyuşgan guruhga birlaşib, ijtimoiy tarmoqlar orqali separatizm (ayirmaçilik) ğoyalari bilan yöğrilgan, aholini ommaviy tartibsizlikka da’vat qiluvçi materiallarni tarqatib kelganlikda ayblangandi.

Prokuror unga 11 yillik qamoq jazosi söragandi.

Sud hukmiga köra, Lolagul Qallixanova JKning 159-moddasi 4-qismi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi «a», «b», «g» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qöllanilib, JKning 59-moddasi tartibida 8 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga sudlanib, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda ötirgan 6 oy 24 kuni tayinlangan jazodan çegirilib, ötaş uçun 7 yil 5 oy 6 kun ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qoldirilib, JKning 72-moddasi qöllanilib, jazo 3 yil sinov muddati bilan şartli deb belgilanib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Azamat Nuratdinov

Möynoq tumanidagi 9-maktab öqituvçisi, bloger bölgan Nuratdinov 2 iyul kuni Qonliköl tumanida odamlarni ommaviy tartibsizliklarga da’vat qiluvçi materiallarni tarqatib kelib, ommaviy tartibsizliklarda yetakçilik qilgan.

Sud hukmiga köra, u JKning 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qöllanilib, JKning 59-moddasi tartibida 5 yil, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda ötirigan 6 oy 13 kuni çegirilib, ötaş uçun 4 yil 5 oy 17 kun muddatga ozodlikni çeklaş jazosiga sudlandi.

Ahmad Ismatullayev

Çimboy tumanidagi bolalar va ösmirlar sport maktabi murabbiysi Ahmad Ismatullayev 1-2 iyul kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi tumanlaridan odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilgan va özi ham faol iştirok etib, Tajimuratovni qöllab-quvvatlaşda ayblangan.

Sud hukmiga köra, u JKning 159-moddasi 4-qismi bilan aybsiz deb topildi va oqlandi, JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qöllanilib 5 yil, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda ötirigan 6 oy 22 kuni çegirilib, ötaş uçun 4 yil 5 oy 8 kunga ozodlikni çeklaş jazosiga sudlandi.

Azamat Turdanov

Nukus olimpiya zaxiralari kolleji direktori bölgan Azamat Turdanov 1-2 iyul kunlari Nukus şahridagi ommaviy tartibsizliklarda sportçilar iştirok etişini ta’minlagan va Tajimuratovni yelkasiga ötkazib, Jöqorği Kengesni egallaş maqsadida olib borgan. 

U JKning 159-moddasi 4-qismi bilan aybsiz deb topildi va oqlandi, JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 45, 57-moddalari qöllanilib 3 yil mansabdorlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda ötirgan 6 oy 25 kuni çegirilib, ötaş uçun 4 yil 5 oy 5 kun ozodlikni çeklaş jazosiga sudlandi.