1995-yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan fuqaro 2017-yilda Janubiy Koreya Respublikasidagi nufuzli universitetlardan biriga öqişga kirgan.
Ma’lum qilinişiça, xorijda tahsil oliş davrida u ijtimoiy tarmoqlar orqali turli ğoyalarni tarğib qiluvçi şaxslarning audio va videomateriallarini kuzatib borgan. Şuningdek, Suriyadagi qurolli töqnaşuvlar aks etgan videolar ta’sirida radikal ğoyalarga moyil böla boşlagan.
Keyinçalik u Instagram va Telegram orqali Suriya hududida faoliyat yuritgan «Tavhid va jihod katibasi» hamda «Ğuroba katibasi» terroristik taşkilotlariga aloqador şaxslar bilan muloqotga kirişgan va ularga tegişli materiallarni tarqatgan.
Universitetni tamomlaganidan söng ham Janubiy Koreyada qolgan fuqaro «Ğuroba katibasi» terroristik taşkiloti media blogerining internet orqali qilgan da’vatlariga işonib, unga pul mablağlari yuborgan.
2023-yil dekabrida u Özbekistonga qaytib kelgan. 2024-yil iyul oyida esa Suriyadagi jangarilar safiga qöşiliş maqsadida Turkiyaga borgan, biroq rejasini amalga oşira olmay ortga qaytgan.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro qölga olinib, unga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.
Sud hukmi bilan u Jinoyat kodeksining 244¹, 244², 155² va 155³-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi va 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.












