Nukus voqelari bo‘yicha sudda prokuror Tajimuratovga 18 yil, Qallixanovaga 11 yil so‘radi
Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1–2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi ochiq sud jarayonida ko‘rib chiqishda davom etmoqda. Bugun, 11 yanvar kungi sud majlisida taraflarning muzokaralari eshitilgan.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati
Oliy sud matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat ayblovchisi sudlanuvchilarga ayblanayotgan moddalar bo‘yicha ularning aybini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni inobatga olgan holda qonunda belgilangan tartibda jazo tayinlashni so‘ragan.
Gazeta.uz nashrining sud zalidagi ishtirok etgan manbasiga tayanib yozishicha, davlat ayblovchisi Nukus voqealaridagi bosh gumondor Dao‘letmurat Tajimuratov va Lolagul Qallixanovaga mos ravishda 18 va 11 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini so‘ragan.


Jinoiy ishning qolgan 20 nafar a’zolaridan 18 nafariga kamroq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi, sudlanuvchilarning ikki nafariga esa ozodlikdan cheklash jazosi so‘ralgan.
Asosiy gumondor Dao‘letmurat Tajimuratovga moddalarning jamlanmasi hisobiga 18 yil, jurnalist Lolagul Qallixanovaga (Nukusda tartibsizliklar ro‘y bergan kunlari va ungacha u Toshkent shahrida bo‘lgan) —11 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlash suddan so‘ralgan.
Har ikki gumondorga tirkalayotgan ayblovda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159- (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 244- (ommaviy tartibsizliklar), 244-1- (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 104- (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) moddalari o‘rin olgan.
Sportchi Azamat Turdanov 244-1-moddadan tashqari ayni moddalar bilan ayblanmoqda va unga 8 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi so‘ralgan.


Axmet Smetullayevni 8 yilga, Dao‘letmurat Jiyemuratovni — 9 yilga, Baxtiyor Qadirbergenovni — 8 yilga, Bayram Seytniyazovni — 7 yilga, Allabay Tokimbetovni — 9 yilga, Qaharman Seytimovni — 6 yilga ozodlikdan mahrum etish so‘ralgan.
Azamat Nuratdinovga davlat ayblovchisi 7 yil, Saidabulla Medetovga — 7 yil, Nurlan Nayipovga — 7 yil, Po‘lat Shamshetovga — 7 yil, Razbek Bekmuratovga — 8 yil, Sultanbek Kaipovga — 8 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishini suddan so‘ragan.
Po‘lat Nurniyazovni ayblov tomoni 6 yilga, Sayipnazar Kalimovni — 7 yilga, Nurlan Sultamuratovni — 5 yilga, Arislan Temirxanovni — 7 yilga va Amirbek Adilbekovni — 7 yilga ozodlikdan mahrum etish so‘ralgan.
Salamat Kalilayev va Berdax Genjyebayevga ayblov tomoni 3 yildan ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishini so‘ragan.


Avvalroq Kun.uz’da sud majlisida davlat ayblovchisi (prokuratura) tomonidan o‘qib eshittirilgan ayblov xulosasining qisqacha mazmuni keltirilgan edi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ijobiy va konstruktiv: Eron va AQShning Tramp davridagi ilk muzokaralari qanday o‘tdi?
Jahon | 16:43
-
Tojikistonda yuz bergan zilzila oqibatida 17 ta uy va bitta maktab qisman vayron bo‘ldi
Jahon | 15:43
-
Toshkentda raqamsiz Spark haydovchisi YPX xodimlaridan qochdi
O‘zbekiston | 15:32
-
Myanmada odam savdosi qurboni bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
Jamiyat | 15:18
Mavzuga oid

15:23 / 26.12.2024
Nukus voqealarini o‘rganish bo‘yicha komissiya parlamentga hisobot berdi

21:24 / 05.08.2023
Nukus voqealarida noqonuniy xatti-harakat qilgan IIV xodimlari jazolandi

21:48 / 12.06.2023
Oliy sud Nukus voqealari bo‘yicha ba’zi mahkumlar jazosini yengillashtirdi

17:22 / 05.06.2023