Prezidentning “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlari doirasida aholining biznes taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşni yangi bosqiçga olib çiqişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
2023 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalaştiriş uçun kamida 13 trln söm yönaltiriladi. Uşbu resurslarning hududlar kesimidagi maqsadli parametrlari tasdiqlandi. Bunda, dasturlar doirasida 2,8 trln söm kredit mablağlari AT Xalq banki, “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATBning öz resurslari hisobidan ajratiladi.
2023 yil 1 fevraldan boşlab:
- kreditlar ustuvor ravişda dasturlar böyiça avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga ajratiladi;
- uzoq muddatga qişloq xöjaligiga möljallangan yer maydonlarini ijaraga olgan dehqon xöjaliklari va kiçik tadbirkorlik sub’yektlariga 50 mln sömgaça garovsiz kredit beriladi;
- tadbirkorlik sub’yektlarining mahallalarda, şu jumladan taşkil etilgan mikromarkazlarda işlab çiqarişni, xizmat körsatiş sohasini va hunarmandçilikni hamda aholi bilan kooperatsiya va kasanaçilikni kengaytirişga yönaltirilgan loyihalari uçun ajratiladigan kreditlar miqdori amaldagi 225 mln sömdan 300 mln sömgaça oşiriladi. Bunda, taşabbuskor loyihada kamida 30% uluş bilan iştirok etişi lozim;
- dasturlar doirasida ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yölga qöygan va kredit tölovlarini öz vaqtida amalga oşirgan kiçik tadbirkorlik sub’yektlariga faoliyatini yanada kengaytirişi uçun mazkur kreditlardan takroran foydalanişga ruxsat etiladi;
- kredit summasining 10 mln sömgaça bölgan qismi (hunarmandlar uçun 20 mln sömgaça) bank kartalariga ötkazib beriladi;
- ajratilgan kreditlarni öz muddatida qaytarmagan fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlariga dasturlar doirasida yangi kreditlar berilişiga yöl qöyilmaydi.
Dasturlar doirasida kreditlarni yillik 14 foiz stavkada ajratiş tartibi saqlab qolinadi. Vakolatli banklarning tijorat kreditlari böyiça foiz xarajatlarining bir qismi Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplab beriladi.
Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan aholi tomorqalaridan samarali foydalaniş yönalişida tomorqa yer egalariga beriladigan mikrokreditlar miqdori 3 mln sömgaça oşiriladi. Uşbu mikrokreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi.










