Yangi Mehnat kodeksi 3 oydan söng kuçga kiradi. Yangi Mehnat kodeksini işlab çiqiş böyiça işçi guruhining a’zosi, TOR Advisor kompaniyasining rivojlantiriş böyiça direktori Aleksey Niyazmetov Kun.uzʼga iş beruvçilar va xodimlar talabiga javob beradigan asosiy özgarişlar haqida gapirib berdi.
Yangi Mehnat kodeksida özgarişlar ança köp va yangi kodeksning vazifalaridan biri xodim va iş beruvçi örtasidagi manfaatlar muvozanatini ta’minlaşdan iboratdir, şuning uçun özgarişlarning bir qismi xodimga yoqsa, ikkinçi qismi iş beruvçiga köproq usullar va imkoniyatlar taqdim etadi. Iş beruvçilar va xodimlar uçun e’tibor qaratiş mumkin bölgan eng e’tiborga molik yangiliklarni keltiramiz.
Yangi Mehnat kodeksidagi iş beruvçilar uçun foydali böladigan yangiliklar
Endi iş beruvçi kasaba uyuşmasi bilan kelişilgan holda qabul qilişi lozim bölgan içki hujjatlarni, kasaba uyuşmasi qömitasi 20 kun davomida iş beruvçining murojaatiga javob bermagan taqdirda, özi mustaqil hal qilişi mumkin. Taşkilotda kasaba uyuşmasi tuzilmagan bölsa, u holda mehnat jamoasining umumiy yiğilişiga murojaat qilişi , agar ikki hafta mobaynida mehnat jamoasi yiğilmasa va kasaba uyuşmasi tuzilmasa, bu holda ham iş beruvçi masalani mustaqil hal qilişi mumkin. Bu qoida kasaba uyuşmasi tuzilmagan yoki iş beruvçi murojaatiga javob bermagan hollarda, içki hujjatlarni qabul qiliş masalasini hal qiliş uçun xizmat qiladigan eng yaxşi norma bölib hisoblanadi.
Muddatlarni körsatiş qulay bölişini ta’minlaş maqsadida yuz berişi kerak bölgan “voqeaga” havola qiliş belgilandi. Masalan, muddatli mehnat şartnomasida uşbu şartnomani aniq xodimning homiladorlik ta’tilidan çiqquniga qadar amal qilişini körsatiş mumkin.
Eng yaxşi xodimlarni jalb qilişga yordam beradigan vositalar paydo böldi. Birinçisi HR-menejmentdan kirib kelgan bölib, işga taklif qilişdir.
Job offer HR-menejment mutaxassislarini öz taşkilotiga işga jalb qilişga yordam beradi.
Biroq uşbu vosita muayyan majburiyatlarni ham yuklaydi:birinçidan, taklifning amal qilişi muddatida xodimni işga qabul qilişni rad etişiga yöl qöyilmaydi. Ikkinçidan, iş beruvçiga eng yaxşi xodimlarni tanlab olişga yordam beradi – iş beruvçilarga işga qabul qilişning öz tanlov tartibini belgilaşi mumkinligini belgilab beradi.
Uçinçidan, top-menejment va boş buxgalterni yollaşda yordam beradi – uşbu toifadagi xodimlarga boşqa xodimlarga nisbatan uzoqroq (6 oygaça) sinov muddatini belgilaşi mumkinligini belgilaydi.
Bundan taşqari, endilikda iş beruvçilar xodimlarni işdan böşatişda qöşimça huquqiy himoyaga ega böladilar. Agar xodim mehnat şartnomasi bekor qilinganda mehnat daftarçasini olib ketmagan bölsa, unga mehnat daftarçasini olib ketişi yoki uni poçta orqali yuborişga ruxsat berişi iltimosi bilan bildirişnoma yuboriş lozim. Iş beruvçi bildirişnoma yuborilgan kundan e’tiboran javobgarlikdan ozod etiladi va xodim işga tiklaş va mehnat daftarçasini berişning keçiktirilişi sababli majburiy progul uçun haq tölaşlarini talab qila olmaydi. Top-menejment va boş buxgalterlarni öz xohişiga köra işdan böşatişda ogohlantiriş muddatlari (1 oydan 2 oygaça) uzaytirildi, bunday muddatning belgilanişi bir tomondan, xodim tomonidan javobgarlikni yuzaga keltirib çiqarişi mumkin bölgan vaziyatdan çiqib ketişiga, ikkinçi tomondan, iş beruvçiga yangi munosib xodimni topişga imkon beradi.
Salmoqli özgarişlar muddatli mehnat şartnomalariga taalluqlidir. Amaldagi Mehnat kodeksida ularni tuziş uçun faqat uçta asos mavjud bölsa, yangi kodeksda 18 ta asos belgilab qöyildi. Muddatli mehnat şartnomasi tuzilişi lozim bölgan asoslar va u tuzilişi mumkin bölgan asoslar belgilandi. Bunday yondaşuv, iş beruvçilarga xodimlarni yollaşda köproq imkoniyatlar yaratadi.
Köptarmoqli şeriklik yoki hududiy şu’ba kompaniyalar tarmoğiga ega korxonalar uçun yangi vaqtinça xizmat safariga yuboriş usuli paydo böldi. Xodim boşqa iş beruvçiga vaqtinça xizmat safariga yuborilişi uçun uçta tarafning – xodim, iş beruvçi va xodim xizmatga yuborilayotgan iş beruvçining roziligi talab qilinadi. Vaqtinça xizmat safariga yuborişning eng uzoq muddati 1 yilni taşkil qiladi. Uşbu vaqt davomida xodim bilan mehnat şartnomasi töxtatib turiladi, xizmat safariga yuborilgan iş joyida esa muddatli mehnat şartnomasi tuziladi.
Işdan böşatiş nafaqasining differensiatsiyalaşgan miqdori iş beruvçidagi moliyaviy yukni yengillaştiradi. Işdan böşatiş nafaqasining miqdori şu taşkilotdagi yoki sohadagi iş stajiga boğliq böladi. Agar xodim 3 yildan kam işlagan bölsa, nafaqa miqdori örtaça oylik iş haqining 50 foizini taşkil qiladi. Şuni ham ta’kidlaş muhimki, kodeks xodimning örtaça oylik iş haqini hisoblaşning yagona tartibini belgiladi – bu tartib öz örnida xodimlarga turli tölovlar va nafaqalarni hisoblaşda qulaylik yaratadi.
Yana bir e’tiborga molik yangilik tijorat sirini himoya qilişga qaratilgandir. Endi top-menejment, filiallarning direktorlari va boş buxgalterlar asosiy iş beruvçining ruxsatisiz örindoşlik asosida işlay olmaydilar. Şunday yöl bilan konfidensial ma’lumotlarning çiqib ketiş xavfini kamaytiriş imkoniyati paydo böladi..
Işlab çiqariş ta’limi şartnomasini tuziş imkoniyati nazarda tutildi, bunda xodim ta’lim yakunlariga köra iş beruvçida işlab berişi lozim bölgan muddatni va xodimning, agar u muddatidan oldin işdan böşaydigan bölsa, iş beruvçining uning öqişi bilan boğliq bölgan xarajatlarini qoplaş majburiyatini belgilaş imkoniyati belgilab qöyildi .
Obröni saqlaş, vaqt va pul mablağlarini tejaş uçun yangi Mehnat kodeksi böyiça bahslarni mediatorni jalb qilgan holda hal qiliş mumkinligi belgilandi.
Yangi Mehnat kodeksi iş beruvçilar uçun bekor turib qolişlar, xodimlar bilan mehnat şartnomasini bekor qiliş va xizmat tekşiruvlarini ötkaziş bilan boğliq asoslangan, yangi özgarişlarni közda tutadi.
Yangi Mehnat kodeksidagi xodimlar manfaatini közlaydigan özgarişlar
Yangi Mehnat kodeksida mehnat ta’tilining eng kam davomiyligi uzaytirilgani haqida köpçilik eşitib ulgurdi, endi u 21 kalendar kundan iborat böladi. Ammo bu hali hammasi emas! Xodimlar bitta taşkilotda yoki sohadagi iş staji uçun qöşimça ta’til kunlariga ega böladilar. Xodimga işlagan yillarining har bir 5 yili uçun 2, ammo bir iş yilida jami 8 kundan oşmagan, qöşimça ta’til kuni taqdim etiladi. Şuningdek ta’kidlaş joizki, foydalanilmagan ta’til kuymaydi va xodim iş davrida yoki mehnat şartnomasini bekor qilişda foydalanilmagan barça ta’tillar uçun pulli kompensatsiya olişi mumkin.
Juda köp e’tibor qaratilgan boşqa norma bu dam oliş kuni, agar u işlanmaydigan dam oliş kunidagi bayramga töğri kelsa, dam oliş kunini keyingi kunga köçiriş haqida. Bu yerda şuni ta’kidlaş muhimki, norma faqat bayram yakşanba kuniga töğri kelganida emas, balki bayram şanba kuniga töğri kelganida ham, agar taşkilotda beş kunlik iş haftasi belgilangan bölsa, amal qiladi. Qoida oddiy – agar aniq toifadagi xodimlarda uşbu kun dam oliş kuni bölsa va u bayram kuniga töğri kelsa, u holda dam oliş kunini köçiriş lozim böladi.
Tölovlarni (iş haqi, ta’til pullari, işdan böşatiş nafaqalari, işdan böşatişda hisob-kitob va boşqalar) keçiktirgani uçun iş beruvçi endi xodim oldida töğridan töğri javobgar böladi. Tölov keçiktirilgan har bir kun uçun xodimga Markaziy bankning qayta moliyalaştiriş stavkasidan 10 foiz miqdorida pulli kompensatsiya tölanadi.
Şuningdek, yangi kodeksda xodim iş haqining tuzilişi belgilandi, unga mukofotlar, ustamalar, qöşimça tölovlar va tölovlar kirişi mumkin. Mazkur norma xodimga intizomiy jazo qöllaşda muhim rol öynaşi mumkin. Xodimgi nisbatan intizomiy jazo çorasi qöllangan taqdirda ham, uning iş natijalari bilan boğliq bölgan mukofotlar umumiy qoidaga köra (mehnatga haq tölaş tizimi bilan belgilangan) tölanişi mumkin, rağbatlantiruvçi tölovlar esa rad etilişi lozim.
Işga qabul qilişda iş beruvçi xodim uçun taniştiriş tartib-taomilini ötkazişi – işni bajariş joyini körsatişi, xodimga taalluqli bölgan içki hujjatlar bilan, şuningdek xodimning mehnat vazifasini bajariş bilan boğliq bölgan barça jihatlar bilan taniştirişi lozim.
Haqiqatda işga qöyiş töğrisidagi normalar kengaytirildi. Agar xodimni korxona rahbari yoki işga qöyiş vakolatiga ega bölgan mansabdor şaxs işga qöygan bölsa, u holda xodim haqiqatda işga qöyilgan sanadan işga qabul qilingan deb hisoblanib, rasmiylaştirilişi lozim. Agar xodimni vakolatga ega bölmagan brigadir yoki sex boşliği işga qöygan bölsa, u holda iş beruvçi umumiy qoidalar böyiça iş kunlari uçun haq tölaşi şart.
Muddatli mehnat şartnomalari böyiça özgarişlar xodimlar uçun taalluqlidir. Birinçidan, muddatli mehnat şartnomasining muddati qisqartirildi – endi u 3 yilni taşkil etadi. Ikkinçidan, muddatli mehnat şartnomasini taraflar kelişuvi bilan uzaytiriş mumkin. Uçinçidan, şartnoma muddati uzaytirilganda har qanday holatda ham uning jami muddati 5 yildan oşib ketmasligi kerak. mumkin emas.
Şuningdek endi xodimlar iş beruvçidan özlarining mehnat majburiyatlarini bajariş bilan boğliq hujjatlaridan istalgan hujjatning köçirma nuşasini talab qilişga haqli. Iş beruvçiga kerakli hujjatlar köçirma nusxasini tayyorlaş va ularni xodimga beriş uçun 3 kun taqdim etiladi.
Ştat qisqarişida xodimlarni himoyalaşning qöşimça kafolatlari nazarda tutilgan norma nazarda tutildi. Ştat qisqarişi sababli mehnat şartnomasi bekor qilingan bölib, olti oy içida xodim ilgari egallagan öşa mutaxassislik, malaka böyiça böş iş örinlari paydo bölgan bölsa, uni işga qabul qilişi şartligi belgilandi.
Bundan taşqari, özini özi himoya qiliş tuşunçasi va tartibi nazarda tutildi . Masalan, xodim noqonuniy ravişda boşqa işga ötkazilganda yoki undan mehnat şartnomasida közda tutilmagan vazifalarni bajariş talab qilinganda, xodim ularni bajarişdan boş tortişga yoki işga çiqmaslikka haqli. Bunday holatda majburiy progul xodimga kompensatsiya qilinişi lozim.
Kodeksga iş vaqtining turli rejimlari qöşildi. Masalan, moslaşuvçan iş vaqti rejimi belgilandi.. Bunda xodim öz iş jadvalining bir qismini özi tartibga solişi mumkinligi boşqa qayd etilgan qismi – bu xodim iş joyida bölişi şart bölgan iş soatlaridir.
MKda xodimlar uçun eng maqbul, qulaylikni ta’minlaydigan yangi normalar kölami köp. Masalan, stajyorlar mehnati, murabbiylik, masofaviy iş va boşqalar tartibga solindi.
May oyidan işni yangi qoidalar böyiça boşlaş uçun yangi Mehnat kodeksini örganiş va barça yangi kiritilgan qoidalarni batafsil tuşunib oliş imkoniyatiga “Yangi Mehnat kodeksi: nazariyadan amaliyotga” kursida ega bölişingiz mumkin. Kurs kadrlar bilan işlaydigan xodimlar, HR-menejyerlar, yuristlar va buxgalterlar uçun foydali böladi. Sifatli ta’lim uçun kerakli bölgan hammasi - qulay onlayn format, tajribali öqituvçi, amaliyotdan olingan keyslar. Quyidagi havola böyiça köproq ma’lumot oliş va yoziliş mumkin.
Reklama huquqi asosida











