Avvalroq Samarqand viloyati Qöşrabot tumanida beş kişi ovqatdan zaharlangani va ularning ikki nafari vafot etgani haqida xabar berilgandi. Sanitariya-epidemiologiya qömitasi axborot xizmatining xabar berişiça, ular botulizmdan vafot etgan.

Ma’lum qilinişiça, 2023 yil 6 yanvar kuni Qöşrabot tuman "Zarmitan" MFYda yaşovçi 51 yoşli N.S. uning 51 yoşli turmuş örtoği, farzandlari 1996 yilda tuğilgan D.E., 1998 yil tuğilgan Ş.E. va 2008 yilda tuğilgan B.E. tuman tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimiga ovqatdan zaharlaniş taşxisi bilan yotqizilgan.

Dastlabki suriştiruvda oila boşliği 2023 yil 5 yanvar kuni keçki payt ovqatlanayotib uyda qölbola usulda tayyorlagan pomidor-bodring tuzlamasini iste’mol qilişganini aytgan.

Bemorlar közdan keçirilib ularga “ovqatdan zaharlaniş botulizm” taşxisi quyilgan. Nafas olişdagi patologik özgarişlar bölgani sababli ular sun’iy nafas oliş apparatiga ulanib, şifokorlar tomonidan zarur tibbiy muolajalar olib borilgan.               

2023 yil 14 yanvar kuni 1998 yilda tuğilgan Ş.E., 26 yanvar kuni esa 1996 yilda tuğilgan D.E. körsatilgan reanimatsion yordamga qaramasdan ötkir yurak va nafas yetişmovçiligi natijasida “botulizm bulbar sindromi” taşxisi bilan şifoxonada vafot etgan.

17 yanvar kuni 2008 yilda tuğilgan B.E.ning ahvoli yaxşilangani uçun jonlantiriş bölimidan yuqumli kasalliklar bölimiga ötkazilgan. 23 yanvarda soğayib ketgan oila boşliği ham şifoxonadan çiqarilgan.

«Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi fuqarolarni uy şaroitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qiliş oqibatida botulizm kasalligi sodir bölişi mumkinligidan ogohlantiradi. Şu sababli qölbola usulda tayyorlangan va sifati kafolatlanmagan konserva mahsulotlarini iste’mol qilmaslikni söraydi», deyiladi xabarda.