Toşkentdagi mehmonxonalardan birida bolalar örtasidagi futbol turnirida qatnaşiş uçun Qozoğistondan kelgan jamoa vakillari ovqatdan zaharlandi. Bu haqdagi maʼlumotni Özbekiston SSV matbuot xizmati tasdiqladi.
Vazirlik xabariga köra, 2026-yil 1-noyabr kuni futbol musobaqasida iştirok etiş uçun Qozoğistondan Özbekistonga kelgan 20 nafar bola va ularning yaqinlari Toşkent şahridagi mehmonxonada nonuşta vaqtida yarim qovurilgan tuxum va sosiska isteʼmol qilgan. Şu kunning özida ularning 13 nafarida qayt qiliş, iç ketiş, qorin oğriği va tana harorati kötarilişi kabi belgilar kuzatilgan.
Şundan söng ular tez tibbiy yordam xizmati tomonidan Respublika ixtisoslaştirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga olib kelingan.
Bu yerda ularga zarur birinçi tibbiy yordam körsatilib, söng bemorlar 5-sonli şahar yuqumli kasalliklar klinik şifoxonasiga ötkazilgan. 2-3 noyabr kunlari yana 7 nafar kişi ham yuqoridagi belgilar bilan uşbu tibbiyot muassasasiga olib kelingan.
Ötkazilgan tekşiruvlar asosida şifoxonaga keltirilgan jami 20 nafar bola va ularning yaqinlariga «ötkir diareya» dastlabki taşxisi qöyilgan. Ularning barçasiga belgilangan standartlar böyiça davolaş muolajalari olib borilgan.
«Hozirda 2 kişiga ruxsat berilgan. Qolgan 18 nafar bemorning ahvoli barqaror, qoniqarli. Reanimatsiya bölimida davolanayotgan bemorlar yöq. Bemorlar yuqori malakali şifokorlar kuzatuvi ostida bölib, ularni davolaş uçun barça zarur şaroitlar yaratilgan», – deyiladi xabarda.
Parallel ravişda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi tomonidan isteʼmol qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlaridan namunalar olinib, laboratoriya tekşiruvlari davom ettirilmoqda.
Boş prokuratura matbuot xizmatiga köra, mazkur holat yuzasidan Çilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-13-moddasi (Sanitariyaga oid qonunçilikni yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda Çilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.












