Mirzo Uluğbek tumani IIO FMBga kelib tuşgan xabarga köra, joriy yilning 15 yanvar kuni, noma’lum şaxs tuman hududida joylaşgan dökondan jami 21 500 000 sömlik texnikani öğirlab ketgan.
IIBB xabariga köra, jinoyatni foş etiş maqsadida tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan gumonlanuvçining şaxsini aniqlaş va uşlaş çoralari körilib, tez orada muqaddam sudlangan 35 yoşli A.D. qölga olindi.
Tergov jarayonida A.D. avvalroq Sergeli, Çilonzor va Mirobod tumanlarida joylaşgan yana uçta dökondan 45 000 000 sömdan ortiq turli xil tovarlarni öğirlab ketganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Öğrilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda tergov davom etib, gumonlanuvçining şu kabi boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.












