Tadbirkorlarning 2023 yil 1 yanvarga nisbatan 1 fevral holatiga oşgan (hosil bölgan) soliq qarzini 2023 yil 1 martdan 1 iyulgaça foizlarsiz, qöşimça şartlar qöymasdan va ta’minot talab etmasdan teng uluşlarda bölib-bölib tölaşga ruxsat beriladi. 

Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblaş 2023 yil 1 aprelgaça töxtatiladi. Taşqi savdo operatsiyalari böyiça muddati ötgan debitor qarzdorlik uçun xöjalik yurituvçi sub’yektlarga 2023 yil 1 aprelgaça jarimalar qöllanilmaydi. 

Tadbirkorlar 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar-fevral oylarida davlat mulkidan foydalanganlik uçun ijara tölovlarini 2023 yil 1 martdan 1 iyulgaça teng uluşlarda bölib-bölib tölaşi mumkin. 

Tadbirkorlar tomonidan bölib-bölib tölaş şarti bilan sotib olingan davlat aktivlari böyiça 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar oylarida tölanişi lozim bölgan tölovlar, şu jumladan dastlabki tölov tölanmaganligi uçun foizlar va penyalar hisoblaş 2023 yil 1 aprelgaça töxtatib turiladi. 

2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar oylarida davlat xaridlari doirasida tuzilgan şartnomalar şartlari havo haroratining keskin sovib ketişi tufayli bajarilmaganligi uçun tadbirkorlarga jarima va penyalar qöllanilmaydi.

Havo haroratining keskin sovib ketişi oqibatida qiyinçiliklarga duç kelgan tadbirkorlarga nisbatan 2023 yil 1 aprelgaça davlat foydasiga undiruvlar bilan boğliq sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi töxtatiladi. 

Tadbirkorlarga havo haroratining keskin sovib ketişi oqibatida nosoz holga kelgan asosiy vositalarni ta’mirlaş uçun ajratilgan kreditlar böyiça kredit summasining 50 foizigaça (50 foizi ham kiradi), lekin umumiy qiymati 2,5 mlrd sömdan oşmagan miqdorda kafillik beriladi.