2022 yilda Şimoliy Koreya rasmiylariga aloqador hakerlar turli hisob-kitoblarga köra, 630 million dollardan 1 milliard dollargaça bölgan virtual aktivlar va kibervalutalarni öğirlagan. Bu haqda BMTning maxsus hisobotida aytiladi, deb xabar berdi Reuters 6 fevral, duşanba kuni.
«Sönggi oylarda kriptovaluta qiymatining özgarişi bu taxminlarga ta’sir qilgan bölişi mumkin, biroq ikkala hisob-kitob ham 2022 yil Şimoliy Koreya tomonidan virtual aktivlar öğirlanişi böyiça rekord yil bölganini körsatadi», — deyiladi BMT hisobotida.
Hisobot mualliflariga köra, sönggi bir yilda KXDR kiberjinoyatçilari qöllagan usullar «mukammalroq» bölib, öğirlangan mablağlarni kuzatişni qiyinlaştirgan. Kiberhujumlarning aksariyati Şimoliy Koreyaning boş razvedka agentligi nazorati ostidagi guruhlar tomonidan amalga oşirilgan. Oxirgi olti yil içida davlat nazorati ostidagi KXDR hakerlari jami 1,2 milliard dollarga yaqin onlayn aktivlarni egallab oldi.
Mablağlar köpinça anonim tarzda kriptovalutalarga investitsiya qilingan, söngra Şimoliy Koreyaning yadroviy va raketa dasturlarini moliyalaştiriş uçun foydalanilgan, deyiladi hisobotda. Şimoliy Koreya 2022 yilda 73 ta ballistik raketa uçirdi va BMT ma’lumotlariga köra, yadroviy qurol bilan tahdid qilişni tobora kuçaytirib bormoqda.
Iyun oyida AQŞning Şimoliy Koreya böyiça maxsus vakili Son Kim, razvedka ma’lumotlariga köra, KXDR «istalgan vaqtda» navbatdagi - yettinçi yadro sinovini ötkazişi mumkin ekanini aytdi. Şimoliy Koreya oxirgi marta termoyadroviy zaryadga ega yadroviy kallak sinovini 2017 yilda ötkazgan edi.












