Jinoyatçini qölga oliş Toşkent va Kişinyov Interpol Milliy Markaziy byurolarining birgalikdagi harakatlari va tezkor-axborot almaşinuvi tufayli amalga oşirilgan.

Ma’lum qilinişiça, hibsga olingan şaxs Özbekiston huquqni muhofaza qiliş organlaridan yaşirinib, xalqaro ekstremistik taşkilotga qöşilgan hamda u yerda terrorçilik harakatlarini sodir etiş va tayyorlaş böyiça öquv maşğulotlarida iştirok etib, taşkilot yetakçilaridan biriga aylangan.

Moldovaning vakolatli organlari tomonidan ekstraditsiya masalasi ijobiy hal etilganidan söng, qidirilayotgan şaxs sud oldida javob beriş uçun Özbekiston huquq-tartibot idoralariga topşirilgan.