Xavfli jinoyatçi Misrdan Özbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda IIV xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Qölga olingan şaxs tovlamaçilik va bir qator boşqa oğir jinoyatlarni sodir etgani uçun xalqaro qidiruvga berilgan.
Uşbu ekstraditsiya jarayonida xalqaro hamkorlikni taşkil etiş böyiça asosiy muvofiqlaştiruvçi vazifani Özbekiston Interpol milliy markaziy byurosi amalga oşirgan. Byuro xodimlari Interpolning Qohira şahridagi milliy markaziy byurosi bilan tezkor axborot almaşinuvini yölga qöygan hamda ikki davlat vakolatli idoralarining özaro hamkorligi muvofiqlaştirilgan.
Interpol milliy markaziy byurosi qidirilayotgan şaxsning davlatlararo harakatlaniş yönalişlarini aniqlagan va uning Misrda ekani tasdiqlangan. Interpol kanallari orqali olingan ma’lumotlar Misrning vakolatli idoralariga qidiruvdagi şaxsni qölga oliş imkonini bergan.
Ekstraditsiya töğrisidagi sörov körib çiqilgaç, Misr vakolatli idoralari qölga olingan şaxsni Özbekistonga topşiriş haqida qaror qabul qilgan. Şundan söng u jinoiy javobgarlikka tortiş uçun Özbekistonga olib kelingan.













