Turkmaniston janubi-ğarbiy qismida dunyodagi eng faol va eng yirik loy vulqonlaridan biri bölgan Oqpotlovuq otilişni boşladi.

Otiliş paytida kraterdan çuqur xörsinişga öxşaş tovuş eşitiladi. Yer ostidan tuproq, suv, neft, çökindi jinslar aralaşmasidan iborat loy otilib çiqadi, havoga vodorod sulfidi hidi tarqaladi.

Ekolog Meretdurdi Kiçimov sözlariga köra, vulqon turli sabablarga köra uyğonişi mumkin.

«Ehtimol, gazlar biror joyda töplangan, şuning uçun yerosti suvlari vulqon içiga faol kirib bormoqda. Ular toşni yumşatadi, loyga aylantiradi. Hozirça bunday otiliş xavfsiz. Otiliş qança davom etişini oldindan aytiş qiyin. Lekin odatda bir neça kun davom etadi», dedi Kiçimov.

Oqpotlovuq vulqoni balandligi taxminan 80 m, markaziy qismida diametri taxminan 150 m bölgan faol gaz-loy köli mavjud. Vulqondan otilgan balçiq-loydan tibbiyot maqsadida foydalaniladi.