“Özgidromet” xabariga köra, toğoldi va toğli hududlarda yoğingarçilik, 16-17 fevralda ba’zi joylarda kuçli yomğir va qor körinişidagi yoğingarçilik böladi.
14-16 fevralda respublikaning ayrim hududlarida şamol tezligi 15-20 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda. Ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin.
Uşbu haftaning harorat foni fevral oyining örtasi uçun bölgan iqlimiy me’yorga yaqin böladi. Keçalari havo harorati 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari asosan 6-11 daraja iliq atrofida böladi. Respublika şimolida haftaning birinçi yarmida keçalari 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, ikkinçi yarmida esa keçalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq böladi.
Poytaxtda bugun kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi, 14, 15 va 17 fevralda vaqti-vaqti bilan biroz yomğir yoğadi, 16 fevralda yomğir yoğadi. Havo harorati keçalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 7-10 daraja iliq atrofida böladi.












