Safar davomida kombinatning yuqori malakali mutaxassislari Janubiy Koreyaning misni çuqur qayta işlaş va yuqori qöşilgan qiymatli tovarlarni işlab çiqariş hamda maşinasozlik va stanoksozlik kabi yönalişlarda faoliyat yuritadigan “PNT INC.”, “KOMA TECH”, “SMART MACHINE Tool”, “HANKOOK Machine Tools” kompaniyalarida böldilar. Ta’kidlaş kerakki, Janubiy Koreya elektronika, robototexnika, avtomobilsozlik, kemasozlik, oğir maşinasozlik va sanoatning boşqa yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlari keng miqyosda rivojlangan davlat hisoblanadi.

Janubiy Koreyaning zamonaviy işlab çiqariş zanjirini töliq yölga qöyiş borasidagi tajribasini örganiş maqsadida kombinat mutaxassislari yuqori qöşilgan qiymatli tovarlarni işlab çiqarişda keng qöllaniladigan, qalinligi 6-8 mikronlik mis folgasini işlab çiqarişga möljallangan texnologik uskunalarni işlab çiqaradigan “PNT INC.” kompaniyasining Gumi şahrida joylaşgan zavodida böldilar. U yerda kombinat mutaxassislari va mazkur kompaniya vakillari örtasida ikki tomonlama hamkorlikni yölga qöyiş böyiça muzokaralar olib borildi. Muzokaralar natijasida “NKMK” AJ negizida mis folgasini işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça hamkorlik memorandumi imzolandi. Mis folgasi bugungi kunda juda talab yuqori bölgan mahsulot hisoblanadi. Bu mahsulot elektronika, avtomobilsozlik, stanoksozlik, asbobsozlik kabi sohalarda keng qöllaniladi. Bu esa öz navbatida jahon bozoriga yuqori qöşilgan qiymatli mahsulot işlab çiqarişni ta’minlaydi.


Kombinat mutaxassislari Janubiy Koreyaning maşinasozlik va stanoksozlik sohasidagi tajribasi bilan tanişiş uçun “KOMA TECH”, “SMART MACHINE Tool”, “HANKOOK Machine Tools” kompaniyalarining Kimxe şahrida joylaşgan zavodlarida ham böldilar. Taşrif davomida mazkur kompaniyalar uçun kerakli detal va ehtiyot qismlarni “NKMK” AJ Navoiy maşinasozlik zavodida işlab çiqariş hamda yuqori texnologiyalarga asoslangan stanoklar işlab çiqarişni kombinatda yölga qöyiş böyiça hamkorlik memorandumlari imzolandi. Bu esa öz navbatida mamlakatimizda yangi avlod stanoklarini işlab çiqarişga imkoniyat yaratadi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati va Janubiy Koreyaning yetakçi sanoat kompaniyalari örtasida özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş böyiça olib borilayotgan sa’y-harakatlar yaqin kelajakda Markaziy Osiyoda birinçi bölib, xomaşyoni qazib olişdan to yuqori qöşilgan qiymatli tovarlarni işlab çiqarişgaça bölgan zanjirni taşkil etiş, mamlakatimiz yirik sanoat korxonalari va tadbirkorlik sub’yektlari örtasidagi sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.
“NKMK” AJ matbuot xizmati
Reklama











