21 iyul kungi prezident selektorida strategik korxonalar xarajatlari ham alohida tahlil qilindi.
Davlat rahbarining matbuot xizmatiga köra, ilgari tarmoqlar umumiy xarajatlarni foizda qisqartirib, tannarx kamaygani haqida hisobot berar edi. Bir birlik mahsulot tannarxi böyiça tahlil esa haqiqiy holatni körsatib bergan.
Masalan, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 1 unsiya oltin tannarxi 8,2 foizga oşgan. Jami xarajatlar ötgan yilga nisbatan 6,2 trillion sömga yoki 22 foizga köpaygan.
Özbekiston metallurgiya kombinatida pölat şarlar işlab çiqariş tannarxi 5,4 foizga, “Özkimyosanoat”da karbamid böyiça 11,1 foizga, ammiakli selitra böyiça 8,3 foizga oşgan.
Qayd etilişiça, Özbekiston Milliy investitsiya jamğarmasini boşqarayotgan AQŞning Franklin Templeton kompaniyasi IPOga çiqişi kerak bölgan 13 ta yirik kompaniyani tahlil qilib bergan.
Uzbekistan Airways misolida marşrutlar optimal tanlanmagani, reyslar orasi uzoqligi va keçikişlar köpligi, keytering hamda texnik xizmatda raqobat yöqligi sababli 120 million dollar daromad boy berilayotgani körsatib ötildi.
Franklin Templeton tahlillariga köra, Uzbekistan Airways'ning bozor qiymatini 40 foizga, “Özbektelekom”nikini 50 foizga oşiriş imkoniyati bor.












