Navoiy kon-metallurgiya kombinatida yana insonlar ölimi bilan boğliq noxuş hodisa sodir böldi. Bu haqda Kun.uz’ning kombinatdagi manbasi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, 10-sentabr kuni NKMKning “Qizilqum” kon boşqarmasi tarkibidagi Pistali konida quvur taşuvçi transport şinasi portlab ketgan. Hodisa oqibatida ikki işçi halok bölgan. Şuningdek, yana bir neça kişi turli darajada tan jarohati olgan.

Bu kombinatda sönggi 2 oyda insonlar ölimi bilan boğliq ikkinçi hodisa: 21-iyul kuni Muruntov konida avtoağdargiç yengil avtomobilni bosib, ezib ötib ketgan va oqibatda 2 nafar işçi hodisa joyida halok bölgandi.

UPD: Navoiy kon-metallurgiya kombinati hodisa yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Unga köra, 10-sentabr kuni soat 15:00 larda “Qizilqum” kon boşqarmasi Avtomobil transporti boşqarmasining “Pistali” 1-transport sexining foydalanişda bölgan avtomobil şinalarini saqlaş maydonida quvur taşuvçi avtomaşinaning tirkamasida şinomontaj işlarini bajariş vaqtida baxtsiz hodisa sodir bölgan. Oqibatda 2 nafar işçi-xodim vafot etgan.

Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilayotgani, şuningdek, baxtsiz hodisaning sodir böliş holatlari va kelib çiqiş sabablari örganilayotgani bildirilgan.