Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga (NKMK) qaraşli Muruntov konida ayançli YTH sodir böldi. Kombinat matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
YTH 21 iyul kuni soat 5:30 lar atrofida kon hududida «SAT-783» avtoağdargiçi va yengil avtomobil (xizmat maşinasi) iştirokida sodir bölgan. Xizmat maşinasi buriliş joyida «SAT-783» yöliga çiqib ketgani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda «SAT-783» yengil avtomobilni bosib, ezib ötib ketgani körinadi. Oqibatda unda bölgan 2 nafar işçi (biri haydovçi) oğir tan jarohati olib, hodisa joyida halok bölgan.
“Nazorat qiluvçi davlat taşkilotlari tomonidan maxsus tekşiriş olib borilib, yöl-transport hodisasining sodir böliş holatlari va kelib çiqiş sabablari örganilmoqda. Kombinatning mas’ul tegişli xizmatlari xodimlari tomonidan bunday noxuş hodisalarning oldini oliş yuzasidan qöşimça çora-tadbirlar körilmoqda”, deyiladi kombinat rasmiy munosabatida.
Hozirda holat yuzasidan tergovoldi suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.











