«Özgidromet» xabariga köra, harorat foni nisbatan tekis böladi. Havo harorati asosan keçalari +2...+7 daraja, kunduz kunlari +13...+18 daraja, ayrim kunlarda +20...+22 darajagaça böladi.
Haftaning katta qismida Özbekiston hududi böyiça yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat 22 fevral, çorşanba kuni respublika böyiça ba’zi joylarda biroz yomğir yoğadi, şimoliy hududlar, eng çekka janub va Farğona vodiysida yoğingarçilik kutilmaydi. Ayrim joylarda şamol tezligi 15–20 metr/soniyagaça kuçayadi.
Juma kuni respublikaning şimoli-ğarbiy hududlariga Rossiyaning Yevropa qismi ustida şakllangan sovuq va nam havo massasi kirib kelişi boşlanadi. Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 24 fevral kuni ba’zi joylarda yomğir va qor körinişidagi yoğingarçilik böladi, kunduzgi harorat +3...+6 darajagaça pasayadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin.
Dam oliş kunlari sovuq va nam havo massasining kirib kelişi respublikaning barça hududlariga tarqaladi.
Poytaxtda 20-24 fevral kunlari havo biroz bulutli böladi, vaqti-vaqti bilan özgarib turadi, yoğingarçilik kutilmaydi, faqat 22 fevralda kunning ikkinçi yarmida biroz yomğir yoğişi mumkin. Şamol şarqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat asosan keçalari +3...+6 daraja, kunduz kunlari +16...+20 daraja, 22 fevralda +14...+15 daraja böladi.












