Germaniya prezidentining sözlariga köra, «Rossiya özining jinoiy uruşida ğalaba bölişi mumkin emasligini tuşunişi kerak».
Germaniya boşqa Yevropa davlatlari bilan soliştirganda Kiyevga eng katta yordam beryapti. Bu haqda Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer ma’lum qildi. U 24 fevral, juma kuni Belvyu prezidentlik saroyida Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi bir yilligiga bağişlangan nutq sözladi.
«Siz Germaniyaga işonişingiz mumkin», dedi Ştaynmayyer. «Barça bahsli va ba’zan noxuş munozaralarga qaramay, biz Ukrainaning Yevropadagi eng yirik hamkori bölib qolamiz, deb işonaman», deya qöşimça qildi u.
Germaniya prezidentining sözlariga köra, Ikkinçi jahon uruşidan keyin birinçi marta Yevropaning markazida yana agressiv kampaniya avj olmoqda. «Rossiya Ukrainaning mavjud böliş huquqini rad etyapti, u Ukrainani mustaqil davlat sifatida yöq qilişni xohlaydi», dedi siyosatçi.
Frank-Valter Ştaynmayyer Rossiya yetakçisi Vladimir Putin uçun çegaralar daxlsizligi, mamlakat suvereniteti va öz taqdirini özi belgilaşi, inson qadr-qimmati va tinçligi, me’yor va qonunlarga rioya qiliş heç narsani anglatmasligini ta’kidladi. «Yevropada birga yaşaşimiz asosiga qurilgan hamma narsa uning uçun muhim emas», dedi u va Rossiyaning bosqinçilik uruşi Yevropa xavfsizligi tartibini vayronaga aylantirganini qöşimça qildi. «Bu dunyo ikki jahon uruşidan olgan barça saboqlarga hujumdir», deb xulosa qildi Germaniya prezidenti.
Şu bilan birga, u uruşni çözayotgan Ğarbning harbiy yordami emas, balki «tinçlikdan voz keçayotgan» Rossiya ekanligini ta’kidladi. Ştaynmayyerning işonç bildirişiça, «Putin uruşni töxtatişga jiddiy qarasa, Ukrainadan qöşinlarni olib çiqib ketişi kerak». «Rossiya özining jinoiy uruşida ğalaba bölişi mumkin emasligini tuşunişi kerak», - dedi u. Siyosatçining sözlariga köra, «kim öldirişga, Ukrainani bombardimon qilişga, şaharlarni vayron qilişga va bolalarni öğirlaşga yöl qöysa, askarlari kundan kunga bema’ni qon tökayotgan bölsa, u tarixda heç qaçon ğolib bölmaydi, u allaqaçon mağlub bölgan!»













