Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahrida maxsus kuçlar örtasida an’anaviy UAE SWAT Challenge musobaqasi ötkazildi.
Turnir 5 kun davom etdi. Harbiylar taktika, şturm qiliş, ofitserlar qutqaruvi, minorani egallaş va tösiqlardan ötiş kabi musobaqalarda kuç sinaşdilar.
Özbekiston IIV maxsus kuçlari guruhi turnirning 5-kuni tösiqlardan ötiş musobaqasida 38 oçko jamğarib, ğoliblikni qölga kiritdi. Ikkinçi örinni 37 oçko bilan Rossiyaning «Axmat», uçinçi örinni Qirğizistoning «Qalqon» spetsnazi egalladi.
Musobaqaning birinçi kunida (taktika) Rossiyaning «Axmat» spetsnazi, ikkinçi kunida (şturm) Dubay politsiyasi, uçinçi kunida (ofitserlar qutqaruvi) Rossiyaning «Axmat» spetsnazi, törtinçi kunida (minorani egallaş) Rossiyaning «Vityaz» spetsnazi ğalaba qozondi.
Umumiy hisobda Rossiyaning «Axmat» spetsnazi 250 oçko bilan birinçi, Dubay politsiyasi 229 oçko bilan ikkinçi, Rossiyaning SOBR guruhi 216 oçko bilan uçinçi böldi. Özbekiston jamoasi yuqori uçlikka kira olmadi.
UAE SWAT Challenge 2023 — huquqni muhofaza qiluvçi maxsus kuçlar örtasidagi norasmiy jahon çempionati. Bu yil unda 28 davlatdan 57 jamoa iştirok etdi.












