Yevropa Ittifoqi Ukrainaga qarşi tajovuzkorligi uçun Rossiyaga qarşi öninçi sanksiyalar paketining asosiy mazmuni böyiça kelişib oldi. Bu haqda 24 fevral, juma kuni bölib ötgan matbuot brifingida Polşaning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili Anjyey Sados ma’lum qildi.

Doimiy vakillar ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qilişda aybdor bölgan jismoniy va yuridik şaxslarga qarşi sanksiyalar böyiça kelişuvga erişdi. Rossiyadan olmos olib kiriş masalasi böyiça siyosiy kelişuvlar olindi - qaror G7'dagi hamkorlar bilan kelişilgan holda qabul qilinadi. Mamlakatlar, şuningdek, Rossiyaning «yadro sektori böyiça keyingi qadamlarni belgilab oldi», dedi Sados.

Bundan taşqari, 24 fevralga ötar keçasi Polşa Rossiyadan sintetik kauçuk olib kiriş böyiça taklif taqdim etdi. U tegişli ötiş davrlarini va oylik limitni kamaytiriş mexanizmini öz içiga oladi. «Biz Rossiyadan uşbu mahsulot import qilişni davom ettirmoqçi bölgan ikki a’zo davlatning yakuniy pozitsiyasini kutmoqdamiz. Ularning ijobiy munosabatiga umid qilamiz», dedi doimiy vakil. U aniq qaysi davlatlar haqida gapirayotganini oçiqlamagan.

«10-sanksiya paketining boşqa barça asosiy bandlari kelişib olinganga öxşaydi», deb xulosa qildi Anjyey Sados.

Şvetsiya tomoni Belarusga qarşi sanksiyalar böyiça jadal iş 27 fevraldan boşlanişiga işontirdi.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen 9 fevral kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan qöşma matbuot anjumani çoğida rossiyalik siyosatçilar, harbiylar va tarğibotçilarga yangi çeklov çoralari joriy etilişi kerakligini aytdi. Bundan taşqari, yangi embargolar joriy etilişi kutilgan edi, buning natijasida Rossiya budjeti yana 10 milliard yevro yöqotadi, deya va’da bergan fon der Lyayyen.