Adliya vazirligi xabariga köra, takliflar orasida mahalliy Kengaşlarga ham hokimlarga işonçsizlik votumini bildiriş vakolatini beriş haqidagi taklif ham bor.

Ma’lum qilinişiça, Özbekiston qonunçilik hujjatlarida mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari, ya’ni hokimlarga nisbatan u yoki bu vakillik organi yoki taşkilot tomonidan işonçsizlik votumini bildiriş böyiça normalar örnatilmagan.

Statistik ma’lumotlarga köra, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2019-2021 yillarda jami 28 253 ta hujjatlari, şundan prokuratura, adliya va boşqa organlar ta’sir çoralariga asosan 14 492 ta qaror va farmoyişlar bekor qilingan va 8 725 tasi qonun hujjatlariga muvofiqlaştirilgan, 5 036 tasi sud organlari tomonidan haqiqiy emas deb topilgan.

Mahalliy vakillik organlari vakolatlarini kuçaytiriş, ularni xalq vakillari sifatida ijro organlari faoliyatiga huquqiy baho berişi huquqiy asoslarini yaratiş maqsadida hokimlarga va kengaşga hisobot beruvçi şaxslarga işonçsizlik votumini bildiriş yuzasidan amaldagi qonunçilik hujjatlariga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritiş taklif etilyapti.