Nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga o‘tiladi – davlat dasturi
Fuqarolarning mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasidan kelib chiqib nogironlikni belgilash amaliyotidan voz kechiladi.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi prezident tomonidan imzolandi.
Unda ijtimoiy sohaga oid chora-tadbirlar ham belgilab qo‘yildi.
Jumladan, fuqarolarning pensiya ta’minotini yaxshilash va pensionerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 2024 yil 1 yanvardan boshlab pensionerga hisoblangan, lekin o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytiriladi.
Nogironlikni belgilashda fuqarolarga qo‘shimcha yengilliklar yaratish maqsadida:
a) 2023 yil 1 apreldan boshlab nogironlik idoralararo elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlarda fuqarolarning ishtirokisiz belgilanadi;
b) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2023 yil 1 aprelga qadar nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tish konsepsiyasi loyihasini kiritadi.
Unda:
- fuqarolarning mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasidan kelib chiqib nogironlikni belgilash amaliyotidan voz kechib, uning o‘rniga jahon standartlari asosida nogironlikni belgilashga hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayotga ijtimoiy moslashuvi va ularning sog‘lig‘ini qayta tiklashga;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatlardagi axborot texnologiyalaridan, imo-ishora tilidan hamda muloqotning boshqa muqobil shakllaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratishga e’tibor qaratiladi.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2028 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ayol sportchilar birinchi marta ko‘pchilikni tashkil qiladi
Jahon | 16:55
-
Vashingtonda bortida kongressmenlar bo‘lgan ikki samolyot to‘qnashib ketdi
Jahon | 16:53
-
Transport vazirligi Qozog‘iston orqali harakatlanayotgan haydovchilarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 16:51
-
Kadastr agentligi Andijon tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i ushlandi
O‘zbekiston | 16:17
Mavzuga oid

15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi

11:45 / 31.01.2024
“Tashabbusli budjet”da “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etiladi

23:46 / 30.01.2024
Telefon so‘zlashuvlarini eshitish uchun sanksiya elektron tarzda beriladi

23:32 / 30.01.2024