Serbiya va Kosovo yetakçilari Yevropa Ittifoqi tomonidan taklif etilgan «Normallaştirişga yöl» kelişuvini qöllab-quvvatladi, biroq uni qabul qiliş va amalga oşiriş böyiça barça tafsilotlarni kelişiş uçun mart oyida qöşimça muzokaralar ötkaziş talab etiladi, dedi Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça Oliy vakili Jozep Borrel.
«Men Serbiya va Kosovo rahbarlari mas’uliyatli yondaşuv va yeçim topişga tayyor ekanliklarini xabar qilişdan mamnunman», dedi Borrel va tomonlar hozirgaça faqat «kelişuvni amalga oşirişni boşlaşga tayyorligini bildirganliklarini» ta’kidladi, ammo keyingi muzokaralar uçun «köproq iş kerak». Uning sözlariga köra, har ikki tomon keskinlikka olib keladigan va kelişuvni tuzişga xavf tuğdiradigan bir tomonlama çoralar körmaslikka va’da bergan.
Kosovo boş vaziri Albin Kurti muzokaralardan söng kelişuvni 27 fevraldayoq imzolaşga tayyorligini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters. Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç bu haqiqatga töğri kelmasligi va qöşimça maslahatlaşuvlar zarurligini aytdi. «Bu uzoq, maşaqqatli va zerikarli jarayon», — deya qöşimça qildi u. «Biz qandaydir murosaga kelişib olamiz deb umid qilgandim, ammo janob Kurti bunga tayyor emas edi», — deya Vuçiç sözlarini keltiradi AP.
Muzokaralardan söng Borrel jurnalistlarga tomonlar kelişuv matniga rozi bölganligi sababli, YeI uni naşr etişga qaror qilganini aytdi. Hujjat 11 moddadan iborat. Unda tomonlar «tenglik asosida bir-biri bilan normal, yaxşi qöşniçilik munosabatlarini rivojlantirişga», «öz hujjatlari va milliy ramzlarini tan olişga» kelişib olişlari, «özaro har qanday nizolarni faqat tinç yöl bilan hal qilişlari» va Yevropa Ittifoqiga boradigan yölda bir-birlarini tösib qöymasliklari keltirilgan.












