Yevropa Ittifoqi Kengaşi Belarusga nisbatan «içki repressiya» va «Ukraina mojarosiga aralaşgani» uçun joriy qilingan çeklov çoralarini yana bir yilga uzaytirdi. Sanksiyalar 2024 yil 28 fevralgaça amal qiladi.

Çeklovçi çoralarga Yevropa Ittifoqiga sayohatni taqiqlaş va 195 kişi, jumladan Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning aktivlarini, şuningdek, 34 taşkilotning aktivlarini muzlatiş kiradi. Şuningdek, sanksiyalar röyxatiga kiritilgan jismoniy va yuridik şaxslarga töğridan-töğri yoki bilvosita mablağ ötkaziş taqiqlanadi, deb eslatdi YeI Kengaşi. 

Bundan taşqari, Belarus maqsadli iqtisodiy sanksiyalar, jumladan moliya sektori, savdo, ikki tomonlama maqsadli tovarlar, texnologiya va telekommunikatsiyalar, energetika, transport va boşqalardagi çeklovlar ta’siri ostida qolmoqda.

Qaror yillik tahlil asosida, şuningdek, Belarusdagi içki vaziyatning jiddiyligi va Ukrainadagi uruşni qöllab-quvvatlaşi tufayli qabul qilingan.

Yevropa Ittifoqi Kengaşi, şuningdek, Belarusda fuqarolik jamiyati va mustaqil ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga va’da berdi.

2020 yil avgust oyida, Aleksandr Lukaşenko ğalaba qozongan prezidentlik saylovining rasmiy natijalari e’lon qilinganidan söng, Belarusda ommaviy norozilik namoyişlari boşlandi va u 2021 yilning martigaça davom etdi. Yevropa Ittifoqi hukumatning namoyişlarni bostirişi haqidagi xabarlar ortidan sanksiyalar joriy qildi.

Avvalroq, Yevropa Ittifoqi Belarusga qarşi ikki maqsadli mahsulotlar, neft, kömir, pölat va oltin mahsulotlariga ta’sir qiladigan yangi sanksiyalar paketini joriy etişni rejalaştirayotgani haqida xabar berilgan edi.