Bugun, 3 mart kuni Özbekiston hududi böyiça havo bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Toşkent viloyatining toğoldi va toğli hududlarida yomğir yoğadi, baland toğlarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi. 

«Özgidromet» xabariga köra, kunduzgi harorat +15...+20 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +23 darajagaça böladi.

4 mart kuni respublikaning şimoli-ğarbiy hududlariga Kavkaz hududlaridan nam havo massalari kirib kelişi boşlanadi. Qoraqalpoğiston Respublikasida ba’zi joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. 

5 mart kuni nam havo massasi Özbekistonning barça hududlariga tarqaladi. Respublika böyiça ba’zi joylarda yomğir yoğadi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farğona vodiysi viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi.
Kunduzgi havo harorati +21...+24 daraja, yomğir paytida +18...+20 daraja atrofida böladi.

3–5 mart kunlari respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 15–20 metr/soniyagaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözon bilan kuzatiladi. Navoiy va Jizzax viloyatlarida 5 mart kuni şamol 22–25 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.

Poytaxtda 3–4 mart kunlari havo kam bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. 5 mart kuni biroz yomğir yoğadi. Şamol şarqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi, 5 martda 12–15 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.

Havo harorati bugun kunduzi +17...+19 darajani, şanba va yakşanba kunlari +19...+21 darajani taşkil etadi.