Qoraqalpoğistonning Taxiatoş tumanidagi mahallada rais 30 mln sömdan ortiq mablağni talon-toroj qilgani xabar qilindi. Respublika prokuraturasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, U.Y.ning “Taxiatoş” mahallasida yuz berayotgan qonunbuzilişlar yuzasidan tegişli huquqni muhofaza qiliş hamda nazorat organlariga yöllagan murojaatiga asosan tekşiriş işlari olib borilgan.

Tekşirişda fuqarolar yiğinida Vazirlar Mahkamasi qaroriga zid ravişda 3 ta holatda 2 million 632 ming sömlik bir martalik yordam puli ortiqça tölangani aniqlangan.

Bundan taşqari, 2022 yil may oyidan 2023 yil 31 yanvar kuniga qadar 37 ta holatda jami 31 million 169 ming sömlik bir martalik moddiy yordam pullari asossiz tölangani aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Taxiatoş tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş işlari olib borilmoqda. Natijasiga köra qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanişi ma’lum qilindi.