Bugun kunduz kuni Farğona vodiysi viloyatlarida, şuningdek kunning birinçi yarmida markaziy viloyatlarning ayrim joylarida va respublika eng çekka janubida yomğir yoğişi mumkin. Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida yomğir yoğadi, baland toğlarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi.
«Özgidromet» xabariga köra, respublikaning qolgan hududlari böyiça yoğingarçilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat +17...+22 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +23 darajagaça böladi.
7 martda mamlakat hududga Turkmaniston hududlaridan quruq va issiq havo kirib kelişi kutilmoqda. Respublika böyiça yoğingarçilik kutilmaydi, kunduzgi havo harorati +25...+28 darajagaça, janubda va çöl hududlarda +30 darajagaça kötariladi.
8 va 10 martda respublika böyiça ba’zi joylarda yomğir yoğadi. 9 martda yoğingarçilik kutilmaydi.
8 martda kunduzgi harorat +15...+18 darajagaça pasayadi, 9–10 martda harorat yana kötarila boşlaydi va 10 martda +21...+26 darajani taşkil etadi.
6–9 martda respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 15–20 metr/soniyagaça kuçayadi, ayrim joylarda çang-tözon bilan kuzatiladi. 7 martda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Navoiy, Jizzax, Qaşqadaryo viloyatlarida şamol 22–25 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin. 6–10 martda toğoldi va toğli hududlarda sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Poytaxtda bugun kunning birinçi yarmida, 8 martda kun davomida vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. 7–9 martda yoğingarçilik kutilmaydi. Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi.
Bugun kunduz kuni havo harorati +19...+21 darajani taşkil etadi, ertaga havo +25...+27 darajagaça kötariladi, 8–9 mart kunlari +17...+19 daraja böladi.












