Hukumatning 2023 yil 4 martdagi farmoyişiga asosan 2023 yil 11 mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt körki” şiori ostida umumxalq xayriya haşari ötkaziladi.

Farmoyişda aytilişiça, haşar Navröz umumxalq bayramini munosib nişonlaş hamda muborak Ramazon oyini qarşi olişga tayyorgarlik köriş, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkillaştiriladi.

Haşar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ehtiyojmand, kömakka muhtoj, boquvçisini yöqotgan keksa va nogironligi bölgan fuqarolarning uy-joylarini yaxşilaş va moddiy yordam körsatişga alohida e’tibor qaratiladi.