Navalniy jamoasining ta’kidlaşiça, bir qator tarğibotçilar, şuningdek, Kseniya Sobçak, Aleksey Venediktov va RTVI telekanali Moskvadagi «Moy gorod» dasturi budjetidan pul oladi.

Qamoqdagi rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniy jamoasi Moskva budjeti pullarining sarflanişi yuzasidan tekşiruv olib bordi va «şahar budjetini özlaştirişning eng ta’sirçan sxemalaridan biri» topilganini e’lon qildi. Tekşiruv Rossiya poytaxtida sentabr oyida bölib ötadigan va hozirgi mer Sergey Sobyanin uçinçi muddatga qayta saylanişi kutilayotgan navbatdagi saylovlar arafasida ötkazildi, deb xabar berdi Rossiyada yopilgan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş jamğarmasi («FBK») suriştiruv bölimi vakillari Georgiy Alburov va Mariya Pevçix seşanba, 7 mart kuni. 

Suriştiruv davomida ular uç yil davomida Moskva meriyasining «Moy rayon» obodonlaştiriş dasturining 100 000 dan ortiq bank operatsiyalarini örganişdi va Sobyaninning «qora kassa»si haqida e’lon qilişdi. «Qora kassa»dan, ularning ma’lumotlariga köra, tarğibotçilar, sodiq jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari pul oladi. «Obodonlaştiriş, madaniy klasterlar va qandaydir IT poligonlari niqobi ostida ular juda köp pullarimizni öğirlaşdi. Uni saylovlarni butunlay yöq qilişga, liberal deb atalmiş jurnalistlarga pora berişga, sönggi siyosiy erkinliklarni yöq qilişga, bizning e’tiborimizni boğlar va skameykalarga qaratib, boşqa yönalişga yönaltirişga sarfladilar», deya qayd etgan suriştiruvçilar.

Uning mualliflarining ta’kidlaşiça, uşbu taşkilotdan, jumladan, er-xotin tarğibotçilar Margarita Simonyan va Tigran Keosayan, şuningdek, ularning qarindoşlari axborot kampaniyasini ötkaziş uçun töğridan töğri yoki ular tomonidan nazorat qilinadigan kompaniyalar orqali pul olişadi. Xususan, ulardan biri, «Belyy lev» studiyasi 2021 yilda 185 million rubl, Keosayanning özi esa «Snyato» körsatuvi boşlovçisi xizmatlari uçun öşa yili yana 61 million rubl olgan. Bu suriştiruvda e’lon qilingan hujjatlar nusxalarida aytilgan.

Bundan taşqari, suriştiruv şuni körsatadiki, Rossiyaning Ukrainaga töliq miqyosli bostirib kirişi boşlanganidan keyin efirni töxtatgan «Exo Moskvy» radiostansiyasi boş muharriri Aleksey Venediktov ham Sobyanindan pul olgan. Suriştiruvçilar e’tiborini «pulli tarğibotçilardan nusxa sifatida köçirilgan» köplab «hokim haqidagi maqtovli postlar», şuningdek, Venediktovning 2021 yilgi Moskva saylovlarida elektron ovoz berişdagi roli öziga qaratdi. Saylovlarni kuzatiş böyiça jamoatçilik ştabi rahbari sifatida u masofadan turib ovoz beriş natijalarini tan oldi, garçi mustaqil kuzatuvçilar köplab qonunbuzarliklar sodir etilganini da’vo qilişgan. 

Navalniy jamoasiga köra, RTVi ham «Moy rayon» dasturidan pul olgan, 2019-2021 yillarda ularning umumiy miqdori 840 million rublni taşkil etgan va bu ommaviy axborot vositasining barça budjeti uçdan bir qismidan oşadi. Suriştiruvda ta’kidlanişiça, Nyu-York va Berlinda joylaşgan xususiy rus tilidagi telekanal «Moskva meriyasining puli evaziga kun körmoqda». 
 
Şu bilan birga, material mualliflari Sobyaninning «qora kassasi» «jurnalistlar deb atalmiş şaxslarga homiylik qiliş bilan çeklanib qolmay», balki siyosatçilarga pora berişda işlatilişini ta’kidlamoqda. Pullar, şuningdek, «Yedinaya Rossiya»ning oddiy a’zolari bölgan göyoki mustaqil nomzodlarning saylov kampaniyasiga» sarflanadi, «Moy rayon» xarajatlarining katta qismi esa sotsiologik sörovlarga sarflanişi aytilgan.