Kuçli stress, ba’zi dori-darmonlarni qabul qiliş va bir qator jiddiy kasalliklar soç tökilişini qözğatişi mumkin. Ularni rossiyalik dermatolog Aleksandra Fileva sanab ötdi.
Şifokorning sözlariga köra, ayollarning 75 foizi va erkaklarning 50 foizi doimiy soç tökilişini boşdan keçirmoqda.
90 foiz holatda bu androgenetik alopesiyadan kelib çiqadi, bu kasallik erkak jinsiy gormoni testosteron darajasining oşişi tufayli rivojlanadi.
Kallikni qözğatadigan boşqa kasalliklar qatorida surunkali infeksiyalar, şuningdek, qalqonsimon bez va oşqozon-içak trakti patologiyalari bor.
Odatda odam bir kun 40-100 tola soç yöqotadi. Bu körsatkiç me’yor hisoblanadi — aynan şu tarzda soçlar yangilanadi.
Bundan taşqari, ba’zi vitaminlar, xususan, D, PP va B guruhi vitaminlari yetişmasligi oqibatida soçlar sönişi, sinişi va tuşişi mumkin, deb tuşuntirdi dermatolog. Oğir temir moddasi tanqisligi ham kallikka olib kelişi mumkin. Umumiy qon tahlili, zardobdagi temir, ferritin va transferrinni örganiş tanadagi qimmatli moddalarning yetişmovçiligini aniqlaşga imkon beradi.












